Endi talabalar davlat imtihonini yiliga 2-marta qayta topshirishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSdacha ekzamenov zimney sessii v Dalnevostochnom federalnom universitete
Sdacha ekzamenov zimney sessii v Dalnevostochnom federalnom universitete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Obuna bo‘lish
Davlat imtihonidan yiqilgan talaba har o‘quv yilida imtihonni 2-martagacha qayta topshirishi mumkin.
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestatsiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq 2-martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.
Hujjatga ko‘ra, imtihondan o‘ta olmagan shaxs keyingi o‘quv yili boshlanganidan keyin yakuniy davlat attestatsiya sinovini qayta topshirishga ruxsat berishni so‘rab OTM rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0