Koronavirusga qarshi qayta emlanish tartibi haqida ma’lumot berildi

© Pixabay / ds_30 Shpris, illyustrativnoe foto
Shpris, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2021
Obuna bo‘lish
Buster doza bilan qachon emlanish kerak, u avval olingan vaksina bilan bir xil bo‘lishi kerakmi?
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. O‘zbekistonda 17-noyabrdan boshlab to‘liq emlangan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi qayta emlanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Buster doza nima?

Buster doza — to‘liq emlangan fuqarolarning kasallikka qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadida yana qaytadan oladigan vaksina dozalaridir.

U bilan emlash qanday amalga oshiriladi?

Buster doza bilan to‘liq vaksina kursini olganiga 6 oy va undan ortiq vaqt o‘tgan aholi vakillari emlanishi mumkin.

Buster doza turi avval olingan vaksina bilan bir xil bo‘lishi kerakmi?

Emlash punktida buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olish mumkin.

Uni qayerdan olish mumkin?

Buster doza olmoqchi bo‘lgan aholi respublikaning barcha davolash-profilaktika muassasalarining emlash punktlarida emlanishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0