O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiyoti o‘zaro qanday bog‘liq: eng muhimi

Rossiya i Uzbekistan rasshirayut sotrudnichestvo v kulturno-gumanitarnoy sfere
Rossiya i Uzbekistan rasshirayut sotrudnichestvo v kulturno-gumanitarnoy sfere - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keladi. Sputnik O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar darajasini baholadi.
O‘zbekiston va Rossiya pandemiya davom etayotganiga qaramay hamkorlik sur’atlarini oshirmoqda. Bu haqda 17-noyabr kuni Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi II hududlararo hamkorlik forumi chog‘ida respublika rahbari Shavkat Mirziyoyev aytdi.

Faol hamkorlik tufayli hatto pandemiya sharoitida ham o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga erishdik, bu yilda ko‘rsatkich 6 mlrd $dan oshadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti
O‘zbekiston rahbarining Rossiyaga rasmiy tashrifi 19-noyabrga mo‘ljallangan.

Investitsiyalar

Rossiya - O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy sarmoyadorlaridan biri hisoblanadi. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, Rossiyaning respublika iqtisodiyotiga to‘plangan sarmoyalari hajmi 10 mlrd $dan oshadi.
Ayni paytda davlatlar 150 dan ortiq qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda, ularning umumiy qiymati qariyb 14 mlrd $ni tashkil etadi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni so‘nggi to‘rt yil ichida 2,5 baravar ko‘paydi va 2 mingdan oshdi. Xususan, aprel oyida o‘tkazilgan “Innoprom: O‘zbekistonda yirik sanoat haftaligi” ko‘rgazmasida, Rossiyaning 13ta hududi ishtirok etdi, qariyb 130 mln $ 21ta bitim imzolanganligini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Joriy yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda (2 335 ta kompaniya). Rossiya investitsiyalari respublika iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari: tog‘-metallurgiya, neft va gaz, energetika, qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan. “Lukoyl” OAJ O‘zbekistonda gazni qidirish va qazib olishga qariyb 8 mlrd $ investitsiya kiritdi.
"Gazprom" OAJ mamlakat hududida uglevodorodlarni qidirish va qazib olishga sarmoya kiritmoqda: 2006-yildan 2013-yilgacha kompaniya Usturt hududidagi qidiruv ishlariga qariyb 383 mln $ sarmoya kiritdi.
Bundan tashqari, Gazprombank O‘zbekistonda uglevodorodlarni qazib olish loyihasini moliyalashtirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan 3,9 mlrd $ni tashkil etdi. Rossiya eksport markazi (RES OJ) bilan Gazprombank 3 mlrd $ investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ular neft-kimyo, konchilik va metallurgiya sanoatiga taalluqli.
Rossiyaning “VimpelKom” kompaniyasi O‘zbekistonga 1 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdi. Rossiyaning yana bir kompaniyasi - “Silovie mashini” OAJ Sirdaryo TES (177 mln $) va Farhod GES (56,5 mln yevro) energiya bloklarini modernizatsiya qilish loyihalarida ishtirok etmoqda.
II forum mejregionalnogo sotrudnichestva mejdu Uzbekistanom i Rossiyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
O‘zbekiston va Rossiya bir necha milliard dollarlik bitim imzoladi
O‘zbekiston va Rossiya Jizzax viloyatida AES qurilishiga alohida e’tibor qaratmoqda. 2018-yil sentabr oyi boshida ikki davlat hukumatlari o‘rtasida respublikada AESni qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangandi.
"Rosatom" davlat korporatsiyasining rejalarida - VVER-1200 reaktorlari bo‘lgan "3+" avloddagi 2ta energoblokdan iborat kompleks qurish ko‘zda tutilgan. 2019-yil fevral oyida Shavkat Mirziyoyev 2019-2029-yillarda atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlagandi. Hujjatda Rossiya Federatsiyasi hukumati krediti jalb qilingan holda 2022-yilda AES qurilishi boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Tashqi savdo

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash ham barqaror o‘sish sur’ati bilan ajralib turadi. Avvalroq, joriy yil iyun oyida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 2020-yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga o‘sib, qariyb 6 mlrd $ga yetganini ta’kidlagandi.
Shu yil dastlabki besh oyida o‘sish davom etdi va u 15 %dan oshdi - bu taxminan 2,5 mlrd $. Rossiya eksporti qariyb 12 %ga, O‘zbekistondan import esa 25 %ga o‘sdi.
Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin - Sputnik O‘zbekiston
Mixail Mishustin
Rossiya bosh vaziri
Davstatqo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Rossiyaga jami 1,5 mlrd $ mahsulot eksport qildi. Mamlakat respublikadan asosan to‘qimachilik, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi xomashosi, kauchuk, metall va ulardan tayyorlangan mahsulotlar xarid qiladi.
© SputnikO‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi - IMPORT
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi - IMPORT - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi - IMPORT
Shu o‘rinda O‘zbekiston Rossiyadan 3,6 mlrd $ mahsulot sotib oldi, bular mashinalar, asbob-uskunalar, yog‘och, kimyo mahsulotlari va mineral mahsulotlar.
© SputnikO‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi - EKSPORT
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi - EKSPORT - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi - EKSPORT

Migrantlar

O‘tgan yili o‘zbekistonlik migrantlar 6 mlrd $dan ortiq pul o‘tkazmalarini jo‘natdi. Yevroosiyo taraqqiyot banki ma’lumotlariga ko‘ra, migrantlarning respublikaga pul o‘tkazmalari YaIMning qariyb 12 %ni ta’minlaydi. Pandemiyagacha 2018-2019 yillarda bu ko‘rsatkich 15 %ni tashkil etgandi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori, iqtisod fanlari doktori Aleksey Zubesning ta’kidlashicha, pandemiya davrida pul o‘tkazmalari O‘zbekiston uchun katta tayanch bo‘ldi.
Rossiya Markaziy banki Rossiyadan qo‘shni davlatlarga pul o‘tkazmalari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. 2021-yil birinchi 6 oyida MDH davlatlariga jami 5,44 mlrd $ jo‘natildi. Bu mablag‘ning deyarli yarmi 2 mlrd $ ga yaqini O‘zbekistonga yuborildi.
Yangiliklar lentasi
0