Eski haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati uzaytirildi

© Sputnik / Vadim ShekunVoditelskoe udostoverenie Uzbekistana
Voditelskoe udostoverenie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Obuna bo‘lish
Eski haylovchilik guvohnomalarini 2022-yilning 31-dekabrigacha almashtirilmasa - u haqiqiy emas deb hisoblanadi.
TOShKENT, 18 noya - Sputnik. Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yana bir yilga uzaytirildi, bu haqida 17-noyabr kuni qabul qilingan hukumat qarorida aytib o‘tilgan.
Yangi joriy etilgan tartibga ko‘ra, eski shakldagi haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga almashtirilishi shart:
2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31-martgacha;
2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022 yil 30-iyungacha;
2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022 yil sentabrgacha;
2015 yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi, - deyilgan qaror matnida.
Eslatib o‘tamiz, 690-sonli hukumat qarorining oldingi tahririda barcha eski turdagi haydovchilik guvohnomalari 2021-yilning 31-dekabrgacha almashtirish majburiy etib belgilangan edi.
Yangiliklar lentasi
0