Ozarbayjon va Armaniston chegarasida yana notinchlik: voqealar tafsiloti

© Sputnik / Aram NersesyanArmanskie voyennoslujashie na odnoy iz pozitsiy bliz sela David Bek v Sunikskoy oblasti Armenii
Armanskie voyennoslujashie na odnoy iz pozitsiy bliz sela David Bek v Sunikskoy oblasti Armenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat bo‘lib o‘tgan voqealarda bir-birini aybladi. Hozir Rossiya vositachiligi yordamida vaziyatni izga solishga erishilgan.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Ozarbayjon va Armaniston chegarasida yana notinchlik. 16-noyabr kuni Ozarbayjonning Kelbajar va Lochin viloyatlarida, Armanistonning Sunik viloyatida otishmalar ovozi eshitildi.
Tomonlar sulh kelishuvini buzishda bir-birlarini ayblashdi.
Yerevan Ozarbayjon Qurolli kuchlarini mamlakat ichkarisiga kirganlikda aybladi. Yerevanni mamlakatning janubiy mintaqalari va Eron bilan bog‘laydigan davlat trassasi xavf ostida qolgan.
Boku esa o‘z navbatida Armaniston Qurolli kuchlarini provokatsiyada aybladi va bo‘lib o‘tgan voqealar uchun javobgarlikni Armanistonga yukladi. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, arman harbiylari Ozarbayjon harbiylari postiga hujum qilishgan.
Ozarbayjon tomoni to‘qnashuvlarda o‘zining yetti harbiysi bo‘lgani va o‘n nafari yaralanganini tasdiqladi.
Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon bilan janglarda bir nafar arman harbiysi halok bo‘lgani, 13 nafari asirga olingani, 24 nafari bilan aloqa uzilib qolganini ma’lum qildi.
Bu voqealar ortidan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu navbat bilan armanistonlik va ozarbayjonlik hamkasblari bilan telefon orqali muloqot qildi. Natijada Ozarbayjon va Armaniston mudofaa vazirlari chegaradagi vaziyat barqarorlashiga oid chora ko‘rishdi va vaziyat barqarorlashdi.
17 noyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjonning sharqiy yo‘nalishda o‘t ochishni bas qilish to‘g‘risidagi kelishuviga rioya qilinmoqda, vaziyat barqarorligicha qolmoqda, deya xabar qildi Armaniston Mudofaa vazirligi.
Yangiliklar lentasi
0