To‘qqiz oy ichida ishsizlik darajasi pasaydi – Mehnat vazirligi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishRabochiy na stroyke
Rabochiy na stroyke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2021-yilning to‘qqiz oyi davomida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi.
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga, yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,4 foizga kam, deb xabar qildi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
Ta’kidlanishicha, respublikaning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazilgan. Tadqiqot davomida 500 ta o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 5 mingta uy xo‘jaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olingan.
2021 yilning to‘qqiz oyi davomida mehnat resurslari soni 19,3 million kishini tashkil etib, 2020-yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 201,4 ming kishiga oshgan.
Shundan 6,1 million kishi rasmiy sektorda band bo‘lib, 2020-yilning shu davriga nisbatan 7,9 foizga yoki 450,5 ming kishiga o‘sgan. Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5,9 mln kishini tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,1 foiz yoki 254 ming kishiga kamaygan.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,4 million kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4 foizni tashkil etmoqda. 16—30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi — 14,9 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa 12,8 foiz bo‘lgan.
Yanvar—sentabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 842 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so‘rab murojaat qilgan bo‘lib, ularning 302 ming nafari ish bilan ta’minlangan.
Murojaat qilgan fuqarolarning 203 ming band bo‘lmagan aholi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi va ularning ish haqi uchun 177 mlrd so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Bundan tashqari, 93,5 ming nafar ishsizlarga 81,9 mlrd so‘m ishsizlik nafaqasi tayinlandi va to‘lab berildi.
O‘tgan davrida 31,5 ming ishsizlar hamda "ayollar daftari", "yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsizlarga 66,6 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Jumladan:
tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish, "Hunarmand" uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun 6 263 nafar fuqarolarga 4,8 milliard so‘m;
shaxsiy va dala tomorqasida issiqxona, ekishga urug‘lar va ko‘chatlar hamda sug‘orish vositalarini harid qilish uchun 16 426 ta oilalarga 43,7 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan.
2021 yilning 9 oyi davomida jami 338,2 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan yoki prognozga nisbatan 24 foizga bajarilgan. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali 91,5 ming nafar aholi band etilgan.
Mujchina s pustimi karmanami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2021
Kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish borasida qanday choralar ko‘riladi
Yangiliklar lentasi
0