O‘zbekiston Milliy atlasi yaratildi

© Foto: Kadastrovoe agentstvo UzbekistanaSozdan Natsionalniy atlas Uzbekistana
Sozdan Natsionalniy atlas Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2021
Obuna bo‘lish
Milliy atlas 416 ta xaritalarni o‘zida jamlagan 2 jilddan
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan birinchi marotaba O‘zbekiston Milliy atlasi yaratildi. Bu haqda Kadastr agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Milliy atlas 416 ta xaritalarni o‘zida jamlagan 2 jilddan iborat bo‘lib, O‘zbekistonning barcha sohalarini kartografik va matnli ko‘rinishda tavsiflovchi fundamental ilmiy-ma’lumotnoma asari hisoblanadi.
Atlasda mamlakatning tabiiy-geografik o‘rni va umumiy xususiyatlari, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, aholisi, ijtimoiy va iqtisodiyot sohalari hamda tarixi aks ettirilgan.
Milliy atlas Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va "Kartografiya" davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining 100 dan ortiq mutaxassislari, Fanlar akademiyasi olimlari, vazirlik va idoralarning vakillari hamda oliy ta’lim va boshqa ilmiy maqomga ega bo‘lgan tashkilotlardan jalb etilgan ekspertlar hamkorligida yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0