Vaziyat jiddiy tus olmoqda: migrantlar Polshadan nimani talab qilishmoqda

Obuna bo‘lish
Migrantlar Belarus-Polsha chegarasida joylashgan lagerni tark etishdi. Ular “Bruzgi” chegara o‘tkazish punktiga yo‘l olishdi.
Aksariyati Suriya va Iroqdan bo‘lgan qochoqlar Polsha chegarasini kesib o‘tib, Yevropa Ittifoqi hududiga o‘tishni rejalashtirishmoqda.
Hozir qochoqlar o‘tkazish punkti oldida to‘planishmoqda. Polshalik harbiylar chegara atrofini qurshab olib, tikanli simlarni tortishgan. Boz ustiga vodomot va maxsus texnikalar olib kelingan.
Migrantlar norozilik belgisi sifatida to‘siq oldida o‘tirib olishgan. Ular Polshadan ularni Germaniyaga o‘tkazib yuborishni talab qilishmoqda.
Voqea joyidan olingan lavhalarni Sputnik videosida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0