https://oz.sputniknews.uz/20211112/is-gazidan-saqlanishning-oddiy-qoidalari---fvv--21322645.html
FVV is gazidan saqlanishning asosiy qoidasini tushintirdi
FVV is gazidan saqlanishning asosiy qoidasini tushintirdi
Sputnik O‘zbekiston
Is gazidan saqlanish uchun birinchi navbatda isitish pechi va tutun chiqaruvchi dudbo‘ronlar soz bo‘lishi kerak - FVV.
2021-11-12T10:00+0500
2021-11-12T10:00+0500
2021-11-12T10:40+0500
jamiyat
is gazi
is gazidan zaharlanish
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0c/21324237_0:317:3076:2047_1920x0_80_0_0_6ba85d044a0cb3a35e00ed0748f4974e.jpg
TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassisi Is gazidan saqlanishning oddiy qoidalarini tushuntirib berdi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston 24" telekanali. "Havo harorati pasaygan vaqtda aholining isitishga bo‘lgan ehtiyoji oshishi tabiiy. Ana shunday vaqtda ayrim fuqarolar bilib yoki bilmagan holda turli odatiy va nostandart istish moslamalaridan foydalanadi, - deydi FVV boshqarma boshlig‘i Abdusami Ahmadov. - Har qanday yoqilg‘i yongan vaqtda o‘zidan zaharli gazlarni hosil qiladi. Shu sababli bevosida xona ichida joylashgan istish moslamalari soz holatda bo‘lishi kerak. Birinchi o‘rinda bu - istish pechlari, ikkinchi o‘rinda - tutun chiqaruvchi dudbo‘ronlar. Dudbo‘ron soz bo‘lsayu pech nosoz bo‘lsa, u pech ichidagi hamma gazlarni tortib ketadi va pechning ozgina nosozligi sezilmaydi. Lekin pech soz bo‘lsayu dudbo‘ron soz bo‘lmasa - bu baxtsiz va ko‘ngilsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Shu sababli dudbo‘ron sozligining asosiy qoidalarini yana bir bor eslatib o‘tmiz: Ma’lumot uchun is gazi (SO2) - juda xavfli. Inson nafas olganda uni sezmaydi, chunki uning hidi rangi va ta’mi yo‘q. Is gazi inson organizmiga kirganidan so‘ng u qon tarkibidagi kislorod tashiydigan gemoglobinga birikadi va qonning miyani kislorod bilan ta’minlash funksiyasi izidan chiqadi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda har yili isitish mavsumi boshlanish vaqtida bir necha kishi is gazi qurboniga aylanmoqda. 2021-yilda ham afsuski ana shunday qurbonlar soni allaqachon 20dan oshib ketdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0c/21324237_347:0:3076:2047_1920x0_80_0_0_d6ea811c24dc37547c2b0713e4650082.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
fvv is gazi karbon monoksid
fvv is gazi karbon monoksid
FVV is gazidan saqlanishning asosiy qoidasini tushintirdi
10:00 12.11.2021 (yangilandi: 10:40 12.11.2021) Is gazidan saqlanish uchun birinchi navbatda isitish pechi va tutun chiqaruvchi dudbo‘ron soz bo‘lishi kerak.
TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassisi Is gazidan saqlanishning oddiy qoidalarini tushuntirib berdi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston 24" telekanali.
"Havo harorati pasaygan vaqtda aholining isitishga bo‘lgan ehtiyoji oshishi tabiiy. Ana shunday vaqtda ayrim fuqarolar bilib yoki bilmagan holda turli odatiy va nostandart istish moslamalaridan foydalanadi, - deydi FVV boshqarma boshlig‘i Abdusami Ahmadov. - Har qanday yoqilg‘i yongan vaqtda o‘zidan zaharli gazlarni hosil qiladi. Shu sababli bevosida xona ichida joylashgan istish moslamalari soz holatda bo‘lishi kerak.
Birinchi o‘rinda bu - istish pechlari, ikkinchi o‘rinda - tutun chiqaruvchi dudbo‘ronlar. Dudbo‘ron soz bo‘lsayu pech nosoz bo‘lsa, u pech ichidagi hamma gazlarni tortib ketadi va pechning ozgina nosozligi sezilmaydi.
Lekin pech soz bo‘lsayu dudbo‘ron soz bo‘lmasa - bu baxtsiz va ko‘ngilsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Shu sababli dudbo‘ron sozligining asosiy qoidalarini yana bir bor eslatib o‘tmiz:
dudbo‘ron vertikal shaklda tomga chiqishi kerak;
dudbo‘ron uchi chordoqning ustidan ham 50-60sm ko‘tarilgan bo‘lishi kerak. O‘shandagina biz yoni jarayonida hosil bo‘lgan zaharli gazlarni atmosferaga chiqib ketishini ta’minlaymiz;
dudbo‘ronni biz bir marotaba 90 gradusga bukadigan bo‘lsak. uning tortish kuchi bir necha barobar kamayib ketadi, demak zaharlanishga olib kelish ehtimoli bir necha barobar oshib ketadi.
Ma’lumot uchun is gazi (SO2) - juda xavfli. Inson nafas olganda uni sezmaydi, chunki uning hidi rangi va ta’mi yo‘q. Is gazi inson organizmiga kirganidan so‘ng u qon tarkibidagi kislorod tashiydigan gemoglobinga birikadi va qonning miyani kislorod bilan ta’minlash funksiyasi izidan chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda har yili isitish mavsumi boshlanish vaqtida bir necha kishi is gazi qurboniga aylanmoqda. 2021-yilda ham afsuski ana shunday qurbonlar soni allaqachon 20dan oshib ketdi.