Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi nomi o‘zgartiriladi

© AFP 2023 / MUSTAFA OZERMost cherez Bosforskiy proliv v Stambule.
Most cherez Bosforskiy proliv v Stambule. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2021
Obuna bo‘lish
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining nomi Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartiriladi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining nomi Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartiriladi.
Qirg‘iziston prezident ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Jeenbek Quluboyevning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror 12-noyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan sammitda qabul qilinishi rejalashtirilgan. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
Flagi stran Turkskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
Mirziyoyev shu haftada Turkiyaga boradi
Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv kun tartibidan Kengash doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Sammitda hamkorlik samaradorligini oshirish va ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Davlat rahbari tashrifi dasturida Istanbul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009-yilda ushbu tuzilmaga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash maqsadida tuzilgan.
Bugungi kunda Kengashga O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo. O‘zbekiston tashkilotga 2019-yilda qo‘shildi. Vengriya Turkiy kengashda kuzatuvchi maqomiga ega.
Yangiliklar lentasi
0