https://oz.sputniknews.uz/20211109/ifly-airlinesga-ozbekistonga-parvoz-qilish-vaqtincha-taqiqlandi-21270823.html
iFly Airlines᾽ga O‘zbekistonga parvoz qilish vaqtincha taqiqlandi
iFly Airlines᾽ga O‘zbekistonga parvoz qilish vaqtincha taqiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
iFly tegishli ruxsatnoma olmasdan O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasidagi charter reyslarga chipta sotishni tashkil etgan.
2021-11-09T11:06+0500
2021-11-09T11:06+0500
2023-04-05T18:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
aviaparvozlar
“o‘zaviatsiya” agentligi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21269859_0:321:3071:2048_1920x0_80_0_0_02a8cbea97b8d8e4a004b401622df98b.jpg
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. Rossiyaning iFly Airlines aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun vaqtincha taqiq qo‘yildi. Bu haqda “O‘zaviatsiya” agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma’lum qilinishicha, iFly tegishli ruxsatnoma olmasdan va amaldagi qoidalarni qo‘pol buzib, O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasidagi charter reyslarga chipta sotishni tashkil etgan.Noyabr oyida kompaniya Moskva – Urganch – Sankt-Peterburg – Urganch – Moskva, Navoiy – Moskva va Sankt-Peterburg – Navoiy – Sankt-Peterburg reyslariga chipta sotgan. Yo‘lovchilar ko‘rsatilgan vaqtda aeroportga kelishgan va bu reys jadvalda yo‘qligini ko‘rishgan.Agentlik parvozning bajarilmasligi yo‘lovchilar o‘rtasida ijtimoiy keskinlikka olib kelganini ta’kidlagan.Eslatib o‘tamiz, 5-noyabr kuni Urganchda, 8-noyabr kuni Navoiyda iFly Airlines᾽ning jadvalda bo‘lmagan reysiga chipta olganlar to‘plangan edi. Urganchdagi vaziyat hal qilingan va yo‘lovchilarni olib ketish Moskvadan samolyot jo‘natilgan edi. Navoiydagi yo‘lovchilarga esa chiptalar puli qaytarib berilishi va’da qilingan.Aviachiptalarni sotib olish yoki sotishdan oldin "O‘zaviatsiya" agentligi saytida tanishib chiqish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20211103/toshkent-aeroportida-yuzlab-yolovchilar-istanbulga-ucha-olishmadi--uzbekistan-airports-izohi-21218410.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21269859_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_ea8dc96c16bd6bd59d0ebddbc2a6f10d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiyaga parvoz charter reys o‘zbekiston chipta
rossiyaga parvoz charter reys o‘zbekiston chipta
iFly Airlines᾽ga O‘zbekistonga parvoz qilish vaqtincha taqiqlandi
11:06 09.11.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Aviakompaniya ruxsatnoma olmasdan O‘zbekistondan Rossiyaga charter reyslarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Yo‘lovchilar jadvalda yo‘q reysga chipta olishgan.
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. Rossiyaning iFly Airlines aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun vaqtincha taqiq qo‘yildi. Bu haqda “O‘zaviatsiya” agentligi matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, iFly tegishli ruxsatnoma olmasdan va amaldagi qoidalarni qo‘pol buzib, O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasidagi charter reyslarga chipta sotishni tashkil etgan.
Noyabr oyida kompaniya Moskva – Urganch – Sankt-Peterburg – Urganch – Moskva, Navoiy – Moskva va Sankt-Peterburg – Navoiy – Sankt-Peterburg reyslariga chipta sotgan. Yo‘lovchilar ko‘rsatilgan vaqtda aeroportga kelishgan va bu reys jadvalda yo‘qligini ko‘rishgan.
Agentlik parvozning bajarilmasligi yo‘lovchilar o‘rtasida ijtimoiy keskinlikka olib kelganini ta’kidlagan.
“Aviakompaniyalar tomonidan bunday holatlar takrorlangan taqdirda “O‘zaviatsiya” agentligi parvozlarni amalga oshirish uchun berilgan ekpluatatsiya ruxsatnomalarni bekor qiladi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 5-noyabr kuni Urganchda, 8-noyabr kuni Navoiyda iFly Airlines᾽ning jadvalda bo‘lmagan reysiga chipta olganlar to‘plangan edi. Urganchdagi vaziyat hal qilingan va yo‘lovchilarni olib ketish Moskvadan samolyot jo‘natilgan edi. Navoiydagi yo‘lovchilarga esa chiptalar puli qaytarib berilishi va’da qilingan.
Aviachiptalarni sotib olish yoki sotishdan oldin "O‘zaviatsiya" agentligi
saytida tanishib chiqish mumkin.