Toshkent aeroportida yuzlab yo‘lovchilar Istanbulga ucha olishmadi – Uzbekistan Airports izohi

© SputnikV aeroportu Tashkenta otkrilsya noviy zal vileta
V aeroportu Tashkenta otkrilsya noviy zal vileta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha uchmoqchi bo‘lgan 200 ga yaqin kishi aeroportga kelgan. Biroq reys jadvalda bo‘lmagan.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. “Uzbekistan Airports” kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent aeroportida odamlar to‘plangani aks etgan video yuzasidan izoh berdi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, “Uzbekistan Airways” reysi bilan Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha uchmoqchi bo‘lgan 200 ga yaqin kishi aeroportga kelgan. Biroq bu reys jadvalda bo‘lmagan. Yo‘lovchilar chiptalarni “Asia Luxe Travel” sayyohlik kompaniyasi orqali sotib olishganini aytishgan.
“Uzbekistan Airways” vakillari sayyohlik kompaniyasi aviachiptalar savdosini aviakompaniya bilan slotni (aeroportdagi parvoz uchun ajratilgan vaqt) kelishmagan holda tashkil qilganini ma’lum qilishgan.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, reys uchun 200 ga yaqin aviachipta sotilgan”, - deyiladi “Uzbekistan Airports” xabarida.
Sayyohlik kompaniyasi yo‘lovchilarga suv tarqatgan va ularni mehmonxonaga jo‘natish uchun transport tashkil qilgan.
Ta’kidlanishicha, odamlar terminal binosini tark etishdan bosh tortishgan. O‘zbekiston Transport vazirligi tashabbusi bilan zaxira havo kemasi ajratilib, parvozga yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish boshlangan.
Aeroport Namangan prinyal reys aviakompanii Aeroflot iz Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2021
Namangan ilk bor Sankt-Peterburgdan "Aeroflot" parvozini qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0