O‘zbek chavandozlari Moskvada 2ta oltin medal qo‘lga kiritishdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaMejdunarodnie sorevnovaniya po konkuru v Moskve
Mejdunarodnie sorevnovaniya po konkuru v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2021
Obuna bo‘lish
Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik yosh sportchilar uchta birinchi o‘rin va ikkita oltin medalga sazovor bo‘lishdi.
TOShKENT, 2 noya - Sputnik. O‘zbekistonlik chavandozlar Moskvada 28-31 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada ikkita oltin medal qo‘lga kiritishdi, deb xabar qilmoqda MOQ.
“Maxima stables” ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro turnirning birinchi kunida o‘zbekistonlik yosh sportchi Boburjon Valijonov “Lady” laqabli otda to‘siqlar balandligi 100 sm bo‘lgan yo‘nalishda g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi kungi bellashuvlarda Umid Komilov Yevrosiyo ligasi Jahon kubogi finalida 150 sm balandlikdagi to‘siqlardan o‘tish dasturida “Numbero Uno Rafael” laqabli otda g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Aytish joizki Bobur Valijonov ushbu turnirning 110 sm balandlikdagi to‘siqlardan o‘tish dasturida ham eng yaxshi natijani qayd etib, birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 2019-yilning fevral oyida prezident qaroriga asosan tashkil qilingan edi. Prezident qarori bilan, federatsiya huzurida Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha innovatsion seleksiya-genetika markazi ham tashkil etilgan.
O‘zbekistonda ot sporti "Milliy gvardiya" bilan hamkorlikda rivojlanmoqda. Shu kunga qadar o‘zbekistonlik sportchilar bir qator mahalliy hamda xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda.
© Press-slujba NOK UzbekistanaMejdunarodnie sorevnovaniya po konkuru v Moskve
Mejdunarodnie sorevnovaniya po konkuru v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2021
Mejdunarodnie sorevnovaniya po konkuru v Moskve
Yangiliklar lentasi
0