https://oz.sputniknews.uz/20211102/bemorga-donorlik-qilishga-oid-cheklovlardan-biri-bekor-qilinmoqda-21196864.html
Bemorga donorlik qilishga oid cheklovlardan biri bekor qilinmoqda
Bemorga donorlik qilishga oid cheklovlardan biri bekor qilinmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda inson a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi. 02.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-02T15:06+0500
2021-11-02T15:06+0500
2021-11-02T15:06+0500
jamiyat
o‘zbekiston
inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19376459_61:0:2918:1607_1920x0_80_0_0_0e405655d2b37bc716d99bd83c49e499.jpg
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi uchun donor bemorning yaqin qarindoshi bo‘lishi kerak, degan cheklov bekor qilinmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.Bunga oid o‘zgarish deputatlar ko‘rib chiqqan “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasida belgilanmoqda.Amaldagi tahrirda donor-bemorga transplantatsiya qilish uchun organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini o‘z ixtiyori bilan berayotgan inson tushunilib, u uch yildan ortiq nikohda bo‘lgan er-xotinlar va ularning oldingi turmushidan bo‘lgan farzandlari, to‘g‘ri va yon tarafdan bo‘lgan qarindoshlari, shuningdek, o‘gay ota, o‘gay ona, o‘gay o‘g‘il, o‘gay qiz va oila haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq farzandlikka olingan bolalar tirik donor bo‘lishi mumkin edi.Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan.Avvalroq O‘zbekistonda inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi borasida qonunchilikda belgilangan normalar bugungi kun talablariga mos emasligi, shu uchun mazkur qonun loyihasi muhokama qilinayotgani xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210819/ozbek-shifokorlari-ilk-bor-jigar-transplantatsiyasi-amaliyotini-mustaqil-amalga-oshirishdi-20152704.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19376459_416:0:2623:1655_1920x0_80_0_0_713e141482c8ebcfff47faa097113b61.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi
jamiyat, o‘zbekiston, inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi
Bemorga donorlik qilishga oid cheklovlardan biri bekor qilinmoqda
O‘zbekistonda inson a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi uchun donor bemorning yaqin qarindoshi bo‘lishi kerak, degan cheklov bekor qilinmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev
ma’lum qildi. Bunga oid o‘zgarish deputatlar ko‘rib chiqqan “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasida belgilanmoqda.
Endilikda donor sifatida o‘zidan a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiya uchun olinishiga ixtiyoriy ravishda, bepul asosida, notarial tartibda tasdiqlangan yozma rozilik bergan inson tushuniladi.
Amaldagi tahrirda donor-bemorga transplantatsiya qilish uchun organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini o‘z ixtiyori bilan berayotgan inson tushunilib, u uch yildan ortiq nikohda bo‘lgan er-xotinlar va ularning oldingi turmushidan bo‘lgan farzandlari, to‘g‘ri va yon tarafdan bo‘lgan qarindoshlari, shuningdek, o‘gay ota, o‘gay ona, o‘gay o‘g‘il, o‘gay qiz va oila haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq farzandlikka olingan bolalar tirik donor bo‘lishi mumkin edi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi borasida qonunchilikda belgilangan normalar bugungi kun talablariga mos emasligi, shu uchun mazkur qonun loyihasi muhokama qilinayotgani
xabar qilingan edi.