O‘zbekistonda elektromobillar importi bir necha barobarga oshdi

© Tesla Motors / Mediabankka o‘tishKompaniya Tesla predstavila novie modeli elektromobiley
Kompaniya Tesla predstavila novie modeli elektromobiley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mamlakatda elektromobillar importi qariyb 7 baravarga oshgan
TOShKENT, 28 okt - Sputnik. O‘zbekistonda to‘qqiz oy davomida 558 ta elektromobil import qilingan.
O‘zbekistonda 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida elektromobillar importi qariyb 7 baravarga oshgan. To‘qqizta xorijiy davlatdan qiymati 10,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 558 ta elektromobil import qilingan.
Avtomobili Tesla - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
“Ulov degani quvvatli bo‘lsa-da”: O‘zbekistonda elektromobillar qanchalik xaridorgir?
Elektromobil importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 476 taga yoki qariyb 7 baravarga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekistonga xorijdan jami 131 ta elektromobil import qilingan. 2018-yilda bu ko‘rsatkich – 13 tani, 2019-yilda – 39 tani tashkil qilgan edi.
O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
Xitoy – 499 ta; Turkiya – 24 ta; Litva – 13 ta; Germaniya – 8 ta; AQSh – 6 ta; Koreya – 5 ta; Ispaniya – 1 ta; Rossiya – 1 ta; Gongkong – 1 ta.
2021- yilning sentabr oyida O‘zbekiston xorijdan 57 ta elektromobil import qilingan.
Yangiliklar lentasi
0