O‘zbekistonda chiroyli avtomobil raqami inomarka narxida sotildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishZakritiy avtomobilniy nomer
Zakritiy avtomobilniy nomer - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Xususan, avtoraqam 498 mln 150 ming so‘mga pullangan. Bu pulga O‘zbekistonda Hyundai Santa Fe yoxud Kia Carnival avtoulovlarini olish mumkin.
TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Toshkent shahrida o‘tkazilgan onlayn-auksionda chiroyli avtomobil raqami inomarka narxida sotildi.
Xususan, 01 O 001 OQ avtoraqami 498 mln 150 ming so‘mga pullangan. Bu pulga O‘zbekistonda Hyundai Santa Fe yoxud Kia Carnival avtoulovlarini olish mumkin.

Avtomobil raqamlarining onlayn auksioni o‘tkaziladigan avtoraqam.uzex.uz sayti xabariga ko‘ra, ushbu davlat raqamining boshlang‘ich narxi 243 million so‘m etib belgilandi.

Ilgariroq, O‘zbekistonda 2021-yilning to‘qqiz oyida "chiroyli" avtoraqamlar 20 million dollarga sotilgani haqida xabar bergan edik. Bu oldingi yillarda jami sotilgan avtoraqamlar summasidan yuqori.
Yangiliklar lentasi
0