https://oz.sputniknews.uz/20211027/xitoy-qirgiziston-ozbekiston-temir-yoli-qurilishi-rejalashtirilmoqda-21116236.html
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy o‘z chegaralarini ochishi bilan temir yo‘lning bu tarmog‘i qurilishi boshlanishi kutilmoqda 27.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-27T15:36+0500
2021-10-27T15:36+0500
2021-10-27T15:36+0500
jamiyat
temir yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l qurilish ishlari loyihasi tayyorlanib qo‘yildi. Bu haqda 27-oktabr kuni Qirg‘iziston hukumati raisi Akilbek Japarov Juqori Kengishning yalpi majlisida aytib o‘tgan.“Vazirlar vertolotda uchib hammasini ko‘rishdi, barcha zarur hujjatlarni tayyorlab bo‘lindi. Xitoy o‘z chegaralarini ochishi bilan, shu zahoti prezident Sadir Japarovning tashrifi kutilmoqda. Bu masalalar muhokama qilinib, yechimi amalga oshadi”, – dedi Qirg‘iziston hukumati raisi.Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashrifda moliyalaviy jihatlari hal qilinishi ham nazarda tutilgan. Shuningdek, Qirg‘iziston hududidan 280 kilometrga cho‘zilgan temir yo‘lning, 57 kilometri tonnellarga to‘g‘ri keladi.“Xorijlik ekspertlar, bu loyihani amalga oshirish imkoniyati to‘laqonli mavjud deb aytishmoqda”, – deya qo‘shimcha qildi u.Avvalroq, Xitoyning Uxan shahridan Toshkent tomon ilk bora 600 tonna yuk ortilgan poyezd yo‘lga chiqqanligi haqida xabar berilgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, temir yo‘l
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda
Xitoy o‘z chegaralarini ochishi bilan temir yo‘lning bu tarmog‘i qurilishi boshlanishi kutilmoqda
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l qurilish ishlari loyihasi tayyorlanib qo‘yildi. Bu haqda 27-oktabr kuni Qirg‘iziston hukumati raisi Akilbek Japarov Juqori Kengishning yalpi majlisida
aytib o‘tgan.
“Vazirlar vertolotda uchib hammasini ko‘rishdi, barcha zarur hujjatlarni tayyorlab bo‘lindi. Xitoy o‘z chegaralarini ochishi bilan, shu zahoti prezident Sadir Japarovning tashrifi kutilmoqda. Bu masalalar muhokama qilinib, yechimi amalga oshadi”, – dedi Qirg‘iziston hukumati raisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashrifda moliyalaviy jihatlari hal qilinishi ham nazarda tutilgan. Shuningdek, Qirg‘iziston hududidan 280 kilometrga cho‘zilgan temir yo‘lning, 57 kilometri tonnellarga to‘g‘ri keladi.
“Xorijlik ekspertlar, bu loyihani amalga oshirish imkoniyati to‘laqonli mavjud deb aytishmoqda”, – deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq, Xitoyning Uxan shahridan Toshkent tomon ilk bora 600 tonna yuk ortilgan poyezd yo‘lga chiqqanligi haqida
xabar berilgandi.