Toshkent – Xo‘jand xalqaro avtobus qatnovlari qayta tiklandi

© Unsplash / Hobi industriAvtobus, illyustrativnoe foto
Avtobus, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent – Xo‘jand – Toshkent xalqaro avtobus yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari har kuni amalga oshiriladi.
TOShKENT, 27 okt – Sputnik.O‘zbekiston va Tojikiston pandemiya sabab vaqtincha to‘xatib qo‘yilgan xalqaro avtobus yo‘nalishida muntazam qatnovlarni qayta tikladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar bermoqda.
“Toshkent – Xo‘jand – Toshkent xalqaro avtobus yo‘nalishida muntazam qatnovlar qayta tiklandi”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston tomonidan tashuvchi “Uzautotrans service”, Tojikiston tomonidan esa tashuvchi “Xolding Aziya Grupp Tadjikistan” yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Ushbu yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovlari har kuni amalga oshiriladi. Avtobuslar soat 09:00 va 18:00 da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi. Toshkentdan Xo‘jandgacha yo‘lkira haqi 100 000 so‘m etib belgilangan.
Avvalroq 18 okabr kuni Tojikistonning Xo‘jand shahri avtovokzalidan O‘zbekistonga birinchi avtobus qatnovi amalga oshirilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0