https://oz.sputniknews.uz/20211027/pedagogika-universitetida-jarohat-olgan-qizning-ahvoli--qoniqarli---ssv-21114458.html
Pedagogika universitetida jarohat olgan qizning ahvoli qoniqarli - SSV
Pedagogika universitetida jarohat olgan qizning ahvoli qoniqarli - SSV
Sputnik O‘zbekiston
Pedagogika universitetida oynadan qulash natijasida og‘ir jarohatlar olgan qizga shoshilinch tibbiy bo‘limi shiforlari muolajalar qilmoqda. 27.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-27T14:19+0500
2021-10-27T14:19+0500
2021-10-27T14:19+0500
jamiyat
jinoyat
tez yordam mashinasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1137/98/11379804_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_20f93f4226560e68fc0404e03b3c6dba.jpg
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Pedagogika universitetida jarohat olgan qizning salomatligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jiddiy nazoratga olingan, deb xabar qilmoqda SSV.Jabrlanuvchiga katatravma, qo‘shma jarohat, o‘ng o‘tirgich va qov suyaklarining sinib siljishi, quymuch suyagining o‘ng tomonda sinib qoniqarli turishi, beshinchi bel umurtqasi yon o‘sig‘ining sinib qoniqarli turishi, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona sohasi ezilib yirtilgan jarohati, travmatik shok ikkinchi darajasi tashxislari qo‘yilgan.Bemor olib kelinganida peshona sohasiga birlamchi jarrohlik ishlovi berilib, tikilgan. Shokka qarshi amaliyotlar o‘tkazilib, markazning travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Shundan so‘ng mazkur bo‘limda belgilangan standartlar asosida unda qator terapiya amaliyotlari bajarilgan.Shuningdek, har kuni jarohatiga xirurgik ishlov berilgan. Uch kun davomida dinamikada UZI qilingan. Qon tahlillari tekshirilgan. Qo‘shimcha mutaxassislar jalb qilingan.Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Toshkentdagi Tibbiyot universiteti talabasi dekan xonasiga kirgan vaqtda unga tajovuz qilingani, keyin esa ikkinchi qavat oynasidan itarib tushirib yuborilgani xabar qilingan edi.Ayni damda Ichki ishlar vazirligi tomonidan ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi fuqaro hibsga olingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1137/98/11379804_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_af874c31bd1c0ab2a0f1aa5d339423c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, jinoyat, tez yordam mashinasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, jinoyat, tez yordam mashinasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Pedagogika universitetida jarohat olgan qizning ahvoli qoniqarli - SSV
Pedagogika universitetida oynadan qulash natijasida og‘ir jarohatlar olgan qizga shoshilinch tibbiy bo‘limi shiforlari muolajalar qilmoqda.
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Pedagogika universitetida jarohat olgan qizning salomatligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jiddiy nazoratga olingan, deb xabar qilmoqda SSV.
Jabrlanuvchiga katatravma, qo‘shma jarohat, o‘ng o‘tirgich va qov suyaklarining sinib siljishi, quymuch suyagining o‘ng tomonda sinib qoniqarli turishi, beshinchi bel umurtqasi yon o‘sig‘ining sinib qoniqarli turishi, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona sohasi ezilib yirtilgan jarohati, travmatik shok ikkinchi darajasi tashxislari qo‘yilgan.
Bemor olib kelinganida peshona sohasiga birlamchi jarrohlik ishlovi berilib, tikilgan. Shokka qarshi amaliyotlar o‘tkazilib, markazning travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Shundan so‘ng mazkur bo‘limda belgilangan standartlar asosida unda qator terapiya amaliyotlari bajarilgan.
Shuningdek, har kuni jarohatiga xirurgik ishlov berilgan. Uch kun davomida dinamikada UZI qilingan. Qon tahlillari tekshirilgan. Qo‘shimcha mutaxassislar jalb qilingan.
Hozir bemorning dinamikada ahvoli qoniqarli. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining tajribali shifokorlari tomonidan muolajalar davom ettirilmoqda, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Toshkentdagi Tibbiyot universiteti talabasi dekan xonasiga kirgan vaqtda unga tajovuz qilingani, keyin esa ikkinchi qavat oynasidan itarib tushirib yuborilgani xabar qilingan edi.
Ayni damda Ichki ishlar vazirligi tomonidan ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi fuqaro hibsga olingan.