O‘zbekistonda birinchi yuqori kuchlanishli raqamli podstansiya quriladi

Obuna bo‘lish
Raqamli podstansiya Jizzax viloyatida 2023-yilda foydalanishga topshiriladi.
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari kompaniyasi mamlakatda birinchi yuqori kuchlanishli raqamli podstansiyani qurmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Osiyo taraqqiyot banki ko‘magi asosida 220 kV kuchlanishli "Zafarobod" raqamli podstansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Raqamli podstansiya Jizzax viloyatida 2023-yilda foydalanishga topshiriladi.
Milliy elektr tarmoqlari boshqaruvi raisi o‘rinbosari Feruz Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, texnologik jarayonlarni boshqarish to‘liq yuqori darajada avtomatlashtirilgan. Eng zamonaviy axborot texnologiyalarining boshqaruv tizimlari va vositalari bilan jihozlanadigan raqamli '"Zafarobod" podstansiyasi viloyat energetika tizimini 500 MVA qo‘shimcha quvvat bilan ta’minlaydi.
Otkritie solnechnoy elektrostansii v Lvovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2021
“Phanes Group” Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiya quradi
Xalqaro tender savdolarida "Shanghai Electric Group Co.,Ltd" (Xitoy) kompaniyasi g‘olib deb topildi. Ushbu loyiha doirasida "GOPA — International Energy Consultants GmbH" (Germaniya) konsalting kompaniyasi sifatida ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0