Jumanazar aka yagona emas - NASA rahbari ham o‘zga sayyoraliklarga ishonadi

© AFP 2023 / Patrick T. FallonChelovek v kostume inoplanetanina v letayushey tarelke katayetsya na rolikovix konkax po ulitse vo vremya festivalya NLO v Rozuelle, shtat Nyu-Meksiko, SShA
Chelovek v kostume inoplanetanina v letayushey tarelke katayetsya na rolikovix konkax po ulitse vo vremya festivalya NLO v Rozuelle, shtat Nyu-Meksiko, SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2021
Obuna bo‘lish
Shu haftada NASA yetakchisi amerika harbiylarini ta’qib qilayotgan uchar obyektlar muqobil sayyoradan kelgan mavjudotlar bo‘lishi mumkinli haqida fikr bildirdi
TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Amerikaning NASA kosmik agentligi direktori Bill Nelson o‘zga sayyoraliklar mavjudligiga shama qildi.
O‘tmishda astronavt bo‘lgan Bill Nelsonning qayd etishicha, o‘zga sayyoraliklar mavjudligi faktini tasdiqlovchi qator dalillarga ega. U shuningdek, boshqa galaktikalardan kelgan ushbu mavjudotlar Yer sayyorasiga qarshi yovuz niyatda bo‘lmasligiga umid bildirgan.
Sled ot raketi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
O‘zga sayyoraliklar yoki meteoritmi? Qirg‘izistonda noma’lum uchar jism parvozi videoga olindi
Nelsonning so‘zlariga ko‘ra, NASAning asosiy vazifalaridan biri koinot ortida hayot mavjudligiga dalil topish sanaladi. Uning aytishicha, 2004-yilda Harbiy dengiz kuchlari uchuvchilari uchar jismlarni ko‘rishgan. Va shu voqeadan keyin shunga o‘xshash 300taga yaqin holatlar qayd etilgan.
"Bu uchuvchilar ularni radar yordamida aniqlagan va kuzatgan. Noma’lum uchib yuruvchi obyektlar shunchlik tez harakatlanganki, buni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demak, biz nima sababdan bunday bo‘lgani va ular nima ekanini tushuntirishimiz kerak", — degan u.
Eslatib o‘tamiz, uchar jismlarni ko‘rganva o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashgani haqidagi gap-so‘zlardan keyin namanganlik Jumanazar Rahmonov "Jumanazar aka" sifatida o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lib ketgan edi.
Yangiliklar lentasi
0