Ilon Mask bir sutkada 36 milliard dollarga boyidi

© AFP 2023 / ERIC PIERMONTIlon Mask. Arxivnoe foto.
Ilon Mask. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2021
Obuna bo‘lish
Bunga Hertz servisi birdaniga 100 ming dona Tesla avtomobillariga buyurtma berganligi sabab bo‘ldi
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 25-oktabr, dushanba kuni 36,2 milliard dollar ishlab topdi. Bu haqda Bloomberg sayti milliarderlar ro‘yxatida e’lon qildi.
Boomberg nashrining endilikda e’lon qilishicha, Ilon Maskning boyligi 289 milliard dollarga teng. Bu uning dunyodagi eng badavlat kishilar qatorida, muqim birinchi o‘rinni egallashiga asos bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, dushanba kuni Tesla’ning bozor kapitalidagi ulushi 1 trillion dollarlik nuqtaga yetgan. Gap shundaki, avtomobil ajarasi xizmatlariga ixtisoslashgan Hertz servisi birdaniga 100 ming dona Tesla avtomobillariga buyurtma bergan. Mazkur bitim elektromobillarni eng yirik xaridi sifatida tarixda qoldi.
Milliarder Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Rossiyaning eng serdaromad milliarderlari – Forbes yangi reytingi
Nashrning qayd etishicha, ikkinchi o‘rinda 193 milliard dollar bilan Jeff Bezzos egallagan. Uchinchi o‘rinda 163,7 milliardlik boyligi bilan Bernar Arno joy olgan. To‘rtinchi o‘ringa 134 milliardi bilan “Microsofot” asoschisi Bil Geyts loyiq ko‘rilgan.
Yangiliklar lentasi
0