Tolibon* elektr energiyasi bo‘yicha barcha qarzlarni to‘lashga va’da berdi - Umurzakov

© Press-slujba MIVT UzbekistanaZamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov
Zamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bir soatga ham elektr ta’minotini uzgani yo‘q, chunki ushbu murakkab vaziyatda qardosh afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlashni istaydi - Umurzakov.
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Tolibon* O‘zbekistonga elektr energiyasi bo‘yicha barcha qarzlarni to‘lashga va’da berdi, deb xabar qildi O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakov rossiyalik jurnalistlarga.
"Biz Afg‘oniston muvaqqat hukumatining energetika sohasi uchun javobgan bo‘lgan vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdik. Ular orasida Afg‘oniston elektr tarmoqlari (EKA) kompaniyasi vakillari ham bor edi. Imkon paydo bo‘lishi bilan ular barcha mavjud qarzni to‘laydi. Hozircha u yerda bank tizimi va hukmatni tan olish bilan bog‘liq ayrim muammolar bor. Lekin shunga qaramasdan biz elektr ta’minotini uzganimiz yo‘q", - dedi Umurzakov.
Shunindek, "Toshkent" Afg‘onistonga "bir soatga ham elektr ta’minotini uzgani yo‘q. <...> Buning sababi - O‘zbekiston ushbu murakkab vaziyatda qardosh afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlashni istaydi", - dedi Umurzakov.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyining boshida Afg‘onistonning O‘zbekistondan elektr energiyasi uchun qarzi miqdori 10 million dollarga yaqinlashgan edi. Shundan O‘zbekiston tashqi izlar vaziri Abdulaziz Kamilov ishtirokida Qobulda, bosh vazir o‘rinbosari Saardor Umurzakov ishtirkida Termizda o‘zbek-afg‘on muzokaralari bo‘lib o‘tgan edi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasidan tashqari neft mahsulotlari, oziq-ovqat, tibbiy mahsulotlar va boshqa hayot uchun zarur tovarlarni insonparvarlik yordami sifatida muntazam yetkazib bermoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, sentabr oxirida BMT minbaridan turib umumjahon hamjamiyatidan Afg‘onistonni yakkalanib qolishiga, u yerda gumanitar inqiroz sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan edi.
*Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0