O‘zbekistonda prezident saylovlarida ovoz berish jarayoni boshlandi

© SputnikV Uzbekistane nachalis vibori prezidenta
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxtida prezident saylovlarida ovoz berish uchun saylov uchastkalari ochildi. An’anaga ko‘ra, davlat madhiyasi yangradi
TOShKENT, 24 okt - Sputnik. Toshkent shahrida, bugun, 24-oktabr kuni soat 08.00da prezident saylovlarida ovoz berish jarayoni start oldi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri Yakkasaroy tumanidagi 552-saylov uchastkasidan.
Poytaxtda tashkil etilgan saylov uchastkalari soni 822 tani tashkil etadi. Ulardan 79 tasi Toshkentdagi kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalari hamda harbiy qismlarda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida jami 10 ming 761 ta saylov uchastkalari tuzilgan.
Barcha saylov uchastkalariga kirish joylarida panduslar o‘rnatilgan, saylov uchastkalarining ichida nogironligi bo‘lgan saylovchilar erkin va to‘siqlarsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratilgan.
© SputnikV Uzbekistane nachalis vibori prezidenta
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta
Saylovga oid axborot materiallari, jumladan, prezidentlikka nomzodlarning biografiyalari va saylovoldi dasturlari Brayl alifbosida chop etilgan.
Saylov bulletenlari uchun Brayl alifbosida trafaretlar tayyorlanib, har bir saylov uchastkasiga 2 donadan yetkazib berilishi ta’minlangan.
© SputnikV Uzbekistane nachalis vibori prezidenta
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta
Prezidentlikka nomzod ko‘rsatgan beshta siyosiy partiyalardan 53 ming 717 nafar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan 10 ming 733 nafar kuzatuvchilar saylovni bevosita kuzatib boradi.
Erta tongdan boshlash o‘nlab odamlar navbatda turibdi, 30-40 kishi ovoz berdi.
Saylovlarni yoritish bilan birga ovoz berish jarayonida ishtirok etish ham muhim prezident saylov jarayonida ishtirok etgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri bu jihatni alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Ilgari fuqaro viloyatdan poytaxtga kelib yoki aksincha bir viloyatdan boshqa viloyatga saylov kuni safar/ish bilan boradigan bo‘lsa, u ovoz berish huquqidan mahrum bo‘lib qolardi. Bugungi kunda esa hatto vaqtinchalik “propiska” bo‘yicha emas, balki saylov jarayenini yoritish uchun tanlagan hududdk - Toshkent shahridagi Yakkasaroy tumanidagi uchastkada ovoz berdim va bu yaratilgan eng katta qulayliklardan biri. Shunchaki qo‘shimcha ro‘yxatga kiritishdi, xolos. Saylovchilarning yagona bazasi yaratilgani mana shunday qulay imkoniyatni taqdim etdi", - dedi Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston saylovini o‘tkazuvchi birinchi saylov uchastkasi 24-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 04.00da Yaponiyaning Tokio, Janubiy Koreyaning Seul shaharlarida ochildi.
O‘zbekiston prezidenti saylovi AQShning Nyu-York shahrida Toshkent vaqti bilan 06.00 da 25-oktabr kuni yakunlanadi.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, O‘zbekistondagi prezident saylovini kuzatish uchun 971 nafar xalqaro kuzatuvchi tashrif buyurgan.
© SputnikV Uzbekistane nachalis vibori prezidenta
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta
Bular Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi va MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Turkiy tilliy davlatlar hamkorlik kengashi, Islom hamkorlik tashkiloti, YeXHT Parlament Assambleyasi va Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi, ShHT va boshqa xalqaro tuzilmalardan jami 631 nafar, dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 340 nafar xalqaro kuzatuvchilardir.
© SputnikV Uzbekistane nachalis vibori prezidenta
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta
Saylov jarayonlarini yoritish uchun jami 197 ta mahalliy OAVning 1439 nafar vakillari va 140 dan ortiq nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarining 233 nafar jurnalistlari, umumiy hisobda 1672 nafarmahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.
O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi, saylov okruglari va uchastkalari hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.
© SputnikV Uzbekistane nachalis vibori prezidenta
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
V Uzbekistane nachalis vibori prezidenta
Saylov qonunchiligiga muvofiq joriy yilning 14-20 oktabr kunlari saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berish o‘tkazildi.
O‘zbekiston prezidenti saylovida jami 421 ming 618 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan bo‘lib, mamlakat bo‘yicha 301 ming 94 nafar saylovchi hamda xorijiy davlatlarda 120 ming 524 nafar saylovchi-vatandoshlar ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0