Markaziy Osiyolik talabalar uchun Nobel festivali bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVizit glavi MID RF S. Lavrova v Uzbekistan
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Azerbayjonlik talabalar dunyo ekspertlari va Nobel mukofotining sovrindorlari bilan muloqot qilishlari mumkin
TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Markaziy Osiyolik talabalar uchun Nobel sovrindorlari hamda dunyoning yetakchi olimlari 26-29 oktabr kunlari Uchinchi Nobel festivali doirasida o‘z chiqishlarini qilishadi. Onlayn tadbirda “Kelajak bugundan boshlanadi” shiori bilan biznes, fan, va innovatsiya sohalarinig yetakchi ekspertlari bilan bir nechta munozara, ma’ruzalar bo‘lib o‘tadi deb xabar qilinmoqda.
Onlayn tadbirda 40 ming nafar inson ishtirok etishi kutilmoqda. Ular ekologiya, iqtisod, sun’iy intellekt yo‘nalishlarida innovatsiyalar yaratgan 10 ga yaqin nobel mukofoti sovrindoralari va 30 dan ortiq dunyoning yetakchi ekspertlarining ma’ruzalarini tinglab, bahs-munozara yuritishlari mumkin bo‘ladi.
Shkola №  27 Mirzo-Ulugbekskogo rayona g. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Talabalar uchinchi kursdan boshlab maktablarda dars berishi mumkin
Shuningdek, talabalarga dunyoning yetakchi universitetlari bo‘lgan: London iqtisodiyot maktabi, MIT, Kaliforniya universiteti, Londondagi Imperiya kolleji, Vashington universiteti o‘qituvchilari ham so‘zlaydilar.
Noble Fest spikerlari:

Yuval Noy Xarari - jahon tarixchisi va Insoniyatning qisqacha tarixi "Sapiens" bestseller muallifi;

Lyuk Juliya - Siri asoschisi, Renault group ning bosh tadqiqotchisi

Rae Kvong Chung - Tinchlik bo‘yicha 2007-yilgi Nobel mukofoti sovrindori

Pol Robert Milgrom - Iqtisodiyot bo‘yicha 2020-yilgi Nobel mukofoti sovrindori, Stenford universiteti professori

Jina Sheller – Germaniya baxt va farovonlik vaziri va boshqalar

KengaytirishYig‘ishtirish
Bundan tashqari, ishtirokchilarni innovatsiya, kimyo, fizika, kosmologiya, iqtisod, ta’lim va texnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlarining chiqishlari kutmoqda.
Uchrashuvlar festivalning onlayn platformasida uchta mamlakat: O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘istondan hamda mintaqaviy hamkor universitetlardan translyatsiya qilinib boriladi.
O‘zbekiston nomidan festival tashkilotchisi Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish Ziyo Forum fondi bo‘ldi.
“Talabalar uchun ushbu tadbir – ularning ilm-fandagi boshlang‘ich nuqtasiga aylanib, o‘qishni tanlagan yo‘nalish bo‘yicha davom ettirib Nobel cho‘qqilarini zabt etish uchun motivatsiya bo‘ladi. Hozirda biz mamlakat oltita yetakchi universiteti bilan retranslyatsiya va studiyalarida faol ishtirok etishga kelishib oldik. Ziyo Forum studiyasi joylashgon yer maydonida to‘rt kun ichida 1000 ga yaqin ko‘ngilli faol talabalarni jalb qilishni rejalashtirmoqdamiz, dedi fond direktori Bobur Farmonov.
Festival hamkorlari ishtirokchi mamlakatlarning yetakchi OTMlari bo‘ldi.
O‘zbekiston oliygohlaridan – Inxa universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlari ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0