https://oz.sputniknews.uz/20211020/chiqish-kodi-rossiyaga-borish-uchun-qaysi-laboratoriyaga-test-topshirib-qr-kod-olish-kerak-20993271.html
Chiqish kodi: Rossiyaga borish uchun qaysi laboratoriyada test topshirish kerak?
Chiqish kodi: Rossiyaga borish uchun qaysi laboratoriyada test topshirish kerak?
Sputnik O‘zbekiston
Aksariyat MDH davlatlarida qo‘llanilayotgan "Puteshestvuyu bez COVID-19" mobil ilovasiga yangi va qulay imkoniyatlar qo‘shilmoqda. 20.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-20T18:46+0500
2021-10-20T18:46+0500
2023-04-05T18:34+0500
jamiyat
mdh
covid-19 umumjahon pandemiyasi
mobil ilova
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1355/44/13554438_0:155:2930:1803_1920x0_80_0_0_ed7fe7c12b1748c819f06ffbca1b54cc.jpg
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Bir necha oy oldin ishga tushirilgan "Puteshestvuyu bez COVID-19" mobil ilovasi MDH fuqarolari orasida juda ommalashib ketdi, deydi ushbu loyiha kuratori va YeOII Taraqqiyot banki raisi o‘rinbosari Tigran Sarkisan.Mobil ilovaning asosiy qulayligi shunda-ki, bir mamlakatda vaksina olgan yoki PZR-test topshirgan fuqaroning natijasini boshqa mamlakat tekshiruv organi QR-kod orqali tekshirib ko‘rishi mumkin. Bunda test natijasi va topshirilgan sanasi yoki fuqaro qanday vaksina bilan emlangani va uning amal qilish muddati ko‘rsatiladi."Faqatgina sertifikatlangan laboratoriyalar "Puteshestvuyu bez COVID-19" tizimiga qo‘shilishi mumkin. Buning uchun ular mahalliy hokimiyat orqali tizimga murojaat qilishlari kerak", - deydi loyiha kuratori.Sarkisanni aytishicha, sertifikatlangan laboratoriyalar ro‘yxatini mahalliy hukumatlar o‘z qonunchiligi asosida belgilaydi. O‘zbekistonda sertifikatlangan laboratoriyalar soni kun sayin ortib bormoqda.Bugungi kunda Toshkentda – 50dan ortiq, Samarqandda – 15dan ortiq, Buxoroda – 10dan ortiq, Farg‘ona vodiysida – 30dan ortiq, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda 20dan ortiq, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 20dan ortiq laboratoriyalar ro‘yxatdan o‘tgan.Undan tashqari ayni damda koronavirus bilan kasallangan fuqarolar ma’lumot bazasi shakllantirilmoqda. Har bir davlatning nazorat qiluvchi organlari uchun ushbu ma’lumot bazasi juda muhim, deydi Sarkisan.Hozircha ushbu mobil ilova faqat chegarani aviatransport bilan kesib o‘tayotgan fuqarolar uchun amal qilmoqda. Ayni damda undan avtomobil va temiryo‘l transporti bilan chegarani kesib o‘tgan fuqarolar uchun ham foydalanishni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.Bugungi kunda Rossiyaga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan kirib kelayotgan fuqarolar uchun ushbu dasturdan foydalanish majburiy deb belgilangan.Shuningdek, ushbu davlatlar chegarasini kesib o‘tishda 72 soatdan eski bo‘lmagan PZR-test tahliliga ega bo‘lishi shart deb belgilangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210728/ozbekiston-eoiining-puteshestvuyu-bez-covid-19-dasturiga-qoshildi-19854974.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1355/44/13554438_186:0:2917:2048_1920x0_80_0_0_2e4cd5c83c4bbf1979e9c9a4b1d4c42b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, mdh, covid-19 umumjahon pandemiyasi, mobil ilova, rossiya
jamiyat, mdh, covid-19 umumjahon pandemiyasi, mobil ilova, rossiya
Chiqish kodi: Rossiyaga borish uchun qaysi laboratoriyada test topshirish kerak?
18:46 20.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Aksariyat MDH davlatlarida qo‘llanilayotgan "Puteshestvuyu bez COVID-19" mobil ilovasiga yangi va qulay imkoniyatlar qo‘shilmoqda.
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Bir necha oy oldin ishga tushirilgan "Puteshestvuyu bez COVID-19" mobil ilovasi MDH fuqarolari orasida juda ommalashib ketdi, deydi ushbu loyiha kuratori va YeOII Taraqqiyot banki raisi o‘rinbosari Tigran Sarkisan.
“Bugungi kunda MDH davlatlarida dasturdan bir milliondan ortiq kishi foydalanmoqda. O‘zbekiston fuqarolari esa uning yordamida allaqachon 198 ming marotaba PZR-test topshirishgan”, - dedi Sarkisan.
Mobil ilovaning asosiy qulayligi shunda-ki, bir mamlakatda vaksina olgan yoki PZR-test topshirgan fuqaroning natijasini boshqa mamlakat tekshiruv organi QR-kod orqali tekshirib ko‘rishi mumkin. Bunda test natijasi va topshirilgan sanasi yoki fuqaro qanday vaksina bilan emlangani va uning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
"Faqatgina sertifikatlangan laboratoriyalar "Puteshestvuyu bez COVID-19" tizimiga qo‘shilishi mumkin. Buning uchun ular mahalliy hokimiyat orqali tizimga murojaat qilishlari kerak", - deydi loyiha kuratori.
Sarkisanni aytishicha, sertifikatlangan laboratoriyalar ro‘yxatini mahalliy hukumatlar o‘z qonunchiligi asosida belgilaydi. O‘zbekistonda sertifikatlangan laboratoriyalar soni kun sayin ortib bormoqda.
Bugungi kunda Toshkentda – 50dan ortiq, Samarqandda – 15dan ortiq, Buxoroda – 10dan ortiq, Farg‘ona vodiysida – 30dan ortiq, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda 20dan ortiq, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 20dan ortiq laboratoriyalar ro‘yxatdan o‘tgan.
Undan tashqari ayni damda koronavirus bilan kasallangan fuqarolar ma’lumot bazasi shakllantirilmoqda. Har bir davlatning nazorat qiluvchi organlari uchun ushbu ma’lumot bazasi juda muhim, deydi Sarkisan.
Hozircha ushbu mobil ilova faqat chegarani aviatransport bilan kesib o‘tayotgan fuqarolar uchun amal qilmoqda. Ayni damda undan avtomobil va temiryo‘l transporti bilan chegarani kesib o‘tgan fuqarolar uchun ham foydalanishni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Puteshestvuyu bez COVID-19” — YeOII Taraqqiyot bankining Raqamli tashabbuslar fondi tomonidan ishlab chiqilgan birinchi loyihadir. Uning vazifasi – pandemiya sharoitida fuqarolarning bir davlatdan ikkinchi davlatga xavfsiz va erkin harakatlanishini ta’minlashdir. Ushbu ilova kasallik tarqalish xavfini kamaytiradi va davlatlaroaro miqyosda ishonchli nazorat tizimini yo‘lga qo‘yadi.
Bugungi kunda Rossiyaga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan kirib kelayotgan fuqarolar uchun ushbu dasturdan foydalanish majburiy deb belgilangan.
Shuningdek, ushbu davlatlar chegarasini kesib o‘tishda 72 soatdan eski bo‘lmagan PZR-test tahliliga ega bo‘lishi shart deb belgilangan.