https://oz.sputniknews.uz/20211019/bmt-xavfsizlik-kengashi-insoniyat-taqdirini-hal-qilish-huquqiga-ega-emas---toyyib-erdogon-20970105.html
BMT Xavfsizlik kengashi insoniyat taqdirini hal qilish huquqiga ega emas - Erdo‘g‘on
BMT Xavfsizlik kengashi insoniyat taqdirini hal qilish huquqiga ega emas - Erdo‘g‘on
Sputnik O‘zbekiston
Turkiya prezidenti Ikkinchi Jahon urushidan keyin o‘rnatilgan dunyo tartibini tanqid qildi. 19.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-19T17:32+0500
2021-10-19T17:32+0500
2021-10-19T17:38+0500
dunyoda
turkiya
rejep tayyip erdog‘an
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0d/18297236_0:103:3277:1946_1920x0_80_0_0_4135e8942288b1d6398055bce8891d67.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyip Rajab Erdo‘g‘on Ikkinchi Jahon urushi g‘olibi bo‘lgan “bir nechtagina” davlatlarning bugungi siyosatda tutgan o‘rnini kamaytirishni taklif qildi.Biroz oldin Erdo‘g‘on BMT Xavfsizlik kengashining besh doimiy a’zolari sonini kengaytirish maqsadida ularni “boshi berk ko‘chaga qamab qo‘yadigan” yo‘l xaritasi borligini ma’lum qilgan edi. Turkiya rahbari fikriga ko‘ra, doimiy a’zolar sonini kengaytirish haqidagi talablarga quloq tutmaslik “Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng paydo bo‘lgan dunyo tartibini nima qilib bo‘lsa ham saqlab qolishga urinish” bilan izohlanadi. Erdo‘g‘on aytishiga ko‘ra, “dunyoda veto huquqiga ega bo‘lgan beshta davlatdan boshqalar ham bor”. Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Dmitriy Polyanskiy Moskva XK a’zolari soni “Kollektiv G‘arb” hisobidan ko‘payishiga qarshi ekanini bildirgan edi. Rossiya vakili ularning soni Kengashda shundoq ham yetarli degan edi.Turkiyadan tashqari, XK kengaytirish talabi Fransiya tomonidan ham qo‘yilmoqda. Parij, xususan Germaniya, Braziliya, Hindiston va Yaponiyani ham XKga qabul qilishni talab qilmoqda. Yaqinda AQSh prezidenti Jo Bayden ham Hinistonni XKga qabul qilish tashabbusi bilan chiqqan edi.Ma’lumot uchun, BMT Xavfsizlik Kengashi veto huquqiga ega bo‘lgan 5ta doimiy a’zo davlatlar - Rossiya , AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoydan iborat. Undan tashqari XKga yana 10ta davlat vaqtincha (2 yil) a’zo sifatida saylanadi. Ana shunday tartib 1945-yilda Ikkinchi Jahon urushi yakunlariga asosan SSSR va AQSh tomonidan yozilgan BMT nizomida belgilangan.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0d/18297236_272:0:3003:2048_1920x0_80_0_0_1c07d5f48c2a0025445390b522770ec6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, turkiya, rejep tayyip erdog‘an
dunyoda, turkiya, rejep tayyip erdog‘an
BMT Xavfsizlik kengashi insoniyat taqdirini hal qilish huquqiga ega emas - Erdo‘g‘on
17:32 19.10.2021 (yangilandi: 17:38 19.10.2021) Turkiya prezidenti Ikkinchi Jahon urushidan keyin o‘rnatilgan dunyo tartibini tanqid qildi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyip Rajab Erdo‘g‘on Ikkinchi Jahon urushi g‘olibi bo‘lgan “bir nechtagina” davlatlarning bugungi siyosatda tutgan o‘rnini kamaytirishni taklif qildi.
“Dunyo o‘zgarib borarkan diplomatiya ham o‘zgarib boradi, savdo va xalqro munosabatlar mutlaq qayta shakllanmoqda. Shu sababli ham global xavfsizlik tuzilmasini ham avvalgidek saqlab qolishning iloji yo‘q”, - dedi Turkiya prezidenti Angolaga uyushtirgan tashrifi doirasida.
Biroz oldin Erdo‘g‘on BMT Xavfsizlik kengashining besh doimiy a’zolari sonini kengaytirish maqsadida ularni “boshi berk ko‘chaga qamab qo‘yadigan” yo‘l xaritasi borligini ma’lum qilgan edi. Turkiya rahbari fikriga ko‘ra, doimiy a’zolar sonini kengaytirish haqidagi talablarga quloq tutmaslik “Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng paydo bo‘lgan dunyo tartibini nima qilib bo‘lsa ham saqlab qolishga urinish” bilan izohlanadi. Erdo‘g‘on aytishiga ko‘ra, “dunyoda veto huquqiga ega bo‘lgan beshta davlatdan boshqalar ham bor”.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Dmitriy Polyanskiy Moskva XK a’zolari soni “Kollektiv G‘arb” hisobidan ko‘payishiga qarshi ekanini bildirgan edi. Rossiya vakili ularning soni Kengashda shundoq ham yetarli degan edi.
Turkiyadan tashqari, XK kengaytirish talabi Fransiya tomonidan ham qo‘yilmoqda. Parij, xususan Germaniya, Braziliya, Hindiston va Yaponiyani ham XKga qabul qilishni talab qilmoqda. Yaqinda AQSh prezidenti Jo Bayden ham Hinistonni XKga qabul qilish tashabbusi bilan chiqqan edi.
Ma’lumot uchun, BMT Xavfsizlik Kengashi veto huquqiga ega bo‘lgan 5ta doimiy a’zo davlatlar - Rossiya , AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoydan iborat. Undan tashqari XKga yana 10ta davlat vaqtincha (2 yil) a’zo sifatida saylanadi. Ana shunday tartib 1945-yilda Ikkinchi Jahon urushi yakunlariga asosan SSSR va AQSh tomonidan yozilgan BMT nizomida belgilangan.