Belarusdagi elchixona xodimi palov tayyorlash sirlari bilan o‘rtoqlashdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi xodimi Qobul Alimov Sputnik jurnalistlariga haqiqiy mazali palov tayyorlash sirlarini o‘rgatdi.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda jami 100 dan ziyod palov turlari bor. Har bir hudud o‘zining tayyorlash usuliga ega va har bir palovning ta’mi o‘zgachadir.

“Bu shunchalik taom emas, bu an’ana, katta tadbirlarimiz palov bilan o‘tkaziladi. Hatto prezidentimiz (Shavkat Mirziyoyev – tahr.) 2019-yilda Belarusga kelganda, u o‘zi bilan ikki oshpazni olib kelgandi. Ular ikki mamlakat yetakchilariga palov tayyorlab berishgan. Bilishimcha, Aleksandr Grigoryevichga (Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko – tahr) ma’qul bo‘lgan”, - deydi Alimov.

Elchixona xodimi tayyorlagan palov Sputnik Belarus videosida.
Yangiliklar lentasi
0