O‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlanganlar Umraga bora olishadimi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaksinatsiya v Tashkente
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni tan olish masalasida muzokaralar olib bormoqda.
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. O‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlangan o‘zbekistonlar hozircha Saudiya Arabistoniga Haj va Umra ziyoratini amalga oshirish uchun bora olishmaydi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
“O‘zbekiston-Xitoy hamkorligidagi vaksinani JSTTdan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar taqdim etilgan. Agar JSST ushbu vaksinani tan olib, e’tirof etadigan bo‘lsa bu masala tabiiyki yechiladi”, - dedi Nurmatov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Diniy qo‘mita Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni tan olish masalasida muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan ma’qullangan COVID-19 ga qarshi vaksinalar bilan emlangan xorijliklarga Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0