https://oz.sputniknews.uz/20211013/andijonda-noqonuniy-ushlab-qolingan-150-million-som-xodimlarga-qaytarildi-20882846.html
Andijonda noqonuniy ushlab qolingan 150 million so‘m institut xodimlariga qaytarildi
Andijonda noqonuniy ushlab qolingan 150 million so‘m institut xodimlariga qaytarildi
Sputnik O‘zbekiston
Ushlab qolingan mablag‘lar 221 kishiga qaytarilib, institut ma’sul xodimlari intizomiy va ma’muriy jazoga tortildi. 13.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-13T09:52+0500
2021-10-13T09:52+0500
2021-10-13T09:52+0500
jamiyat
andijon
qonunbuzar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177495_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ef2bf5cf984b8a0cce6fbe7eea50039c.jpg
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Andijon tibbiyot instituti xodimilaridan oylik ish haqlaridan ushlanib qolingan 150 million so‘m Adliya organlari tomonidan qaytarildi.Ma’lum bo‘lishicha, xodimlarning ish haqlaridan shanbalik uchun pul mablag‘lari rektorning tegishli buyrug‘iga asosan ixtiyoriy ravishda ushlanib qolinganligi aniqlangan.Biroq, O‘zbekiston Respublikasi MKning 164-moddasiga asosan, mehnat ish haqidan ushlab qolish faqatgina xodimning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi, rozilik xati bo‘lmasa faqat sud qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi belgilangan.Shunga qaramasdan, institutnig tegishli buyrug‘iga bilan 743 nafar xodimning sentabr oyi uchun oylik ish haqidan 100—300 ming so‘mdan jami 150 mln so‘m mablag‘lar avgust oyida o‘tkazilgan hashar munosabati bilan ushlab qolingan, shundan 221 nafar xodimning ish haqidan ularning roziligisiz ushlab qolingan.O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, 150 mln so‘m pul mablag‘lari institut xodimlariga to‘liq qaytarilib, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan institutning mansabdor shaxslari intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi.Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlarining oylik ish haqidan pul mablag‘lari shanbalik uchun ushlanib qolinganligi haqidagi xabarlar tarqalgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177495_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1aef536f3b44074b28500a2ec07a1301.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, andijon, qonunbuzar
jamiyat, andijon, qonunbuzar
Andijonda noqonuniy ushlab qolingan 150 million so‘m institut xodimlariga qaytarildi
Ushlab qolingan mablag‘lar 221 kishiga qaytarilib, institut ma’sul xodimlari intizomiy va ma’muriy jazoga tortildi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Andijon tibbiyot instituti xodimilaridan oylik ish haqlaridan ushlanib qolingan 150 million so‘m Adliya organlari tomonidan qaytarildi.
Ma’lum bo‘lishicha, xodimlarning ish haqlaridan shanbalik uchun pul mablag‘lari rektorning tegishli buyrug‘iga asosan ixtiyoriy ravishda ushlanib qolinganligi aniqlangan.
Biroq, O‘zbekiston Respublikasi MKning 164-moddasiga asosan, mehnat ish haqidan ushlab qolish faqatgina xodimning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi, rozilik xati bo‘lmasa faqat sud qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi belgilangan.
Shunga qaramasdan, institutnig tegishli buyrug‘iga bilan 743 nafar xodimning sentabr oyi uchun oylik ish haqidan 100—300 ming so‘mdan jami 150 mln so‘m mablag‘lar avgust oyida o‘tkazilgan hashar munosabati bilan ushlab qolingan, shundan 221 nafar xodimning ish haqidan ularning roziligisiz ushlab qolingan.
O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, 150 mln so‘m pul mablag‘lari institut xodimlariga to‘liq qaytarilib, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan institutning mansabdor shaxslari intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlarining oylik ish haqidan pul mablag‘lari shanbalik uchun ushlanib qolinganligi haqidagi xabarlar tarqalgan.