https://oz.sputniknews.uz/20211012/ekaterinburg-aeroportida-3-kun-qolib-ketgan-migrantlar-red-wings-ustidan-arz-qildi-20878219.html
Yekaterinburg aeroportida uch kun qolib ketgan migrantlar Red Wings ustidan arz qildi
Yekaterinburg aeroportida uch kun qolib ketgan migrantlar Red Wings ustidan arz qildi
Sputnik O‘zbekiston
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Red Wings aviakompaniyasi harakatlariga "huquqiy baho berish" uchun kerakli tashkilotlarga murojaat qildi. 12.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-12T18:24+0500
2021-10-12T18:24+0500
2023-04-05T18:34+0500
migratsiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0c/20878338_0:8:1280:728_1920x0_80_0_0_1ea898c9528a1d1ba39c3db7550e6bb9.jpg
TOShKENT, 12 okt - Sputnik. Yekaterinburg shahrining "Kolsovo" aeroportida 3 kun qolib ketgan Red Wings aviakompaniyasi yo‘lovchilari murojaati o‘rganildi, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi. Ma’lum bo‘lishicha, 30ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari 2021-yil 5-oktabr kuni soat tong soat 07:00da "Yekaterinburg – Namangan" yo‘nalishida parvoziga bilet olishgan. "Ayni damda ushbu holat yuzasidan aviakompaniya xodimlari harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida vakolatli tashkilotlarga murojaat etildi", - deyilgan xabarda.Ma’lumot uchun, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, parvoz kechiktirilgan holda aviakompaniya yo‘lovchilarga quyidagilarni bepul taqdim etishi kerak: Undan tashqari yo‘lovchilar biletdan voz kechib boshqa aviakompaniya parvozi bilan uchib ketish huquqiga ham ega.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0c/20878338_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_76aa4ba0c92ce424784af4d04859d72b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, rossiya
Yekaterinburg aeroportida uch kun qolib ketgan migrantlar Red Wings ustidan arz qildi
18:24 12.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Red Wings aviakompaniyasi harakatlariga "huquqiy baho berish" uchun kerakli tashkilotlarga murojaat qildi.
TOShKENT, 12 okt - Sputnik. Yekaterinburg shahrining "Kolsovo" aeroportida 3 kun qolib ketgan Red Wings aviakompaniyasi yo‘lovchilari murojaati o‘rganildi, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi
agentligi. Ma’lum bo‘lishicha, 30ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari 2021-yil 5-oktabr kuni soat tong soat 07:00da "Yekaterinburg – Namangan" yo‘nalishida parvoziga bilet olishgan.
Lekin Red Wings aviakompaniyasi parvozni dastlab 6-oktabr soat 23:00ga, keyinroq esa 8-oktabr kuni soat 01:15ga ko‘chirilgan. Mazkur vaqt oralig‘ida chipta olgan yurtdoshlarimizga ovqat va turar joy taqdim etilmagan va ular PSR testini qayta yangilashga majbur bo‘lgan.
"Ayni damda ushbu holat yuzasidan aviakompaniya xodimlari harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida vakolatli tashkilotlarga murojaat etildi", - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, parvoz kechiktirilgan holda aviakompaniya yo‘lovchilarga quyidagilarni bepul taqdim etishi kerak:
kerakli aerport xizmatlari;
2 soat kutishdan so‘ng - ichimliklar;
4 soat kutishdan so‘ng - issiq ovqat;
kunduzi 8 soatdan so‘ng, tunda 6 soatdan so‘ng - mehmonxona va unga yetib borish uchun transport;
yoki kutishning har bir soati uchun 25 rubldan kompensatsiya (bilet narxining yarmigacha).
Undan tashqari yo‘lovchilar biletdan voz kechib boshqa aviakompaniya parvozi bilan uchib ketish huquqiga ham ega.