O‘zbekistonda havo +25 darajagacha isishi kutilmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishOsen
Osen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
Hafta o‘rtasidan havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va oktabr oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan meyoriy qiymatlarga yetadi.
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Bugun va ertaga respublika sovuq antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
Sovuq havo asosan tungi haroratga ta’sir qilib, +2…+5 daraja iliqni tashkil etadi. Kunduz kuni quyosh havoni +18…+20 daraja iliqqacha isitadi.
Hafta o‘rtasidan havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va oktabr oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan meyoriy qiymatlarga yetadi. Havo harorati kechalari +6…+9 daraja iliq, kunduz kunlari +20…+23 daraja iliq atrofida, janubda +25 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli bo‘ladi. 12−13 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0