AQSh Afg‘onistonga gumanitar yordam yetkazib berishga rozi bo‘ldi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishSituatsiya u aeroporta Kabula
Situatsiya u aeroporta Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
“Tolibon”* harakati gumanitar yordam olish bo‘yicha AQSh bilan kelishuviga erishganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati AQSh rasmiylari bilan uchrashuvdan so‘ng gumanitar yordam olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda RIA Novosti harakat ma’lumotlariga tayangan holda xabar berdi.
“AQSh va Afg‘oniston rasmiylari ikki kun davomida muzokaralar olib borishgan, ularning yakuniga ko‘ra, harakatga ijobiy bo‘lgan kelishuvga erishilgan. AQSh vakillarining ta’kidlashicha, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatiladi, xususan, boshqa gumanitar tashkilotlar yordam berishlari uchun maxsus joylar ajratiladi”, – deyilgan Afg‘oniston muvaqqat hukumati TIVning Qatarda toliblarning amerikaliklar bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng tarqatgan bayonotida.
Shu bilan birga, mazkur xorijiy gumanitar yordam "siyosiy muammolar bilan bog‘lanmasligi" kerakligi ham qayd etilgan.
Mamlakat TIV rahbari etib tayinlagan Amir Xon Mottakiyning Al Jazeera telekanaliga bergan ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida tomonlar AQSh va “Tolibon”* o‘rtasidagi Doha kelishuvining bajarilishi, ayniqsa, mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik va shu bilan birga, "Vashington va Kobul o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochish" zarurligini muhokama qilishgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2021
Kamilov Nur-Sultonda afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini muhokama qiladi
Yangiliklar lentasi
0