O‘zbekiston bo‘yicha 269ta radar o‘rnatish joylari savdoga chiqarildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKamera fiksatsii narusheniy na doroge
Kamera fiksatsii narusheniy na doroge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2021
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha 269ta radar va kamera o‘rnatish joylari auksion savdosiga qo‘yildi.
TOShKENT, 8 okt - Sputnik. O‘zbekiston bo‘ylab yana 269ta radar va kamera o‘rnatish joylari kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqida "E-Auksion" sahifasi xabar qilmoqda.
Sahifada xabar qilinishiga ko‘ra, savdoga qo‘yilgan joylardan Toshkent viloyatida -72ta, Toshkent shahrida - 13ta, Andijonda - 16ta, Buxoroda - 43ta, Jizzaxda - 23ta, Qashqadaryoda - 12ta, Navoiyda - 7ta, Samarqandda - 9ta, Sirdaryoda - 21ta, Farg‘onada - 17ta, Xorazmda -1ta, Qoraqalpog‘istonda - 29ta.
"E-Auksion" sahiffasida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, radar va kamera o‘rnatish joylarining eng qimmat boshlang‘ich narxi Toshkent viloyati Parkent tumanida - 25 mln. so‘m, Bekobodda - 11mln. so‘m va Bo‘ka tumanida - 9,8 mln so‘m. Eng arzonlari esa Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida - 735 ming so‘mdan.
Auksionga qo‘yilgan lotlar bo‘yicha arizalar qabul qilish muddati eng yangi lotlar bo‘yicha - 1-noyabrgacha, eng eskilari bo‘yicha 10 - oktabrga qadar belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 4913-sonli prezident qaroriga muvofiq, 2021-yilning 1-martidan boshlab O‘zbekistonda tadbirkorlarga radar va kameralar o‘rnatishga ruxsat berilgan. Ushbu qarorga muvofiq 2021-2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3 356 ta intellektual videokameralar hamda 763 ta statsionar radarlar o‘rnatish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0