Afg‘onistonda shiyalar masjidida portlash sodir bo‘ldi

© Sputnik / Stringer  / Mediabankka o‘tishNa odnoy iz ulis goroda Kunduza
Na odnoy iz ulis goroda Kunduza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston shimolida sodir etilgan ushbu mudhish qotillik uchun javobgarlikni hech kim o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.
TAShKENT, 8 sen – Sputnik. Afg‘onistonning Qunduz viloyati, Xon-Obod shahrida joylashgan shiya masjidlarning birida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, mahalliy manbaalarga tayanib.
Fojia juma namozi vaqti sodir bo‘lgan. Qurbonlarning aniq soni hozircha e’lon qilinmagan, lekin guvohlar aytishiga ko‘ra vafot etganlar kamida 60 kishi, jarohatlanganlar 200 kishi bo‘lishi mumkin.
Hozircha Afg‘onistonda sodir etilgan ushbu mudhish qotillik uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0