https://oz.sputniknews.uz/20211007/mirziyoev-aqsh-kongressmenlarini-qabul-qildi-20804640.html
Mirziyoyev AQSh kongressmenlarini qabul qildi
Mirziyoyev AQSh kongressmenlarini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh delegatsiyasi ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga doir kelishuvlar doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. 07.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-07T09:42+0500
2021-10-07T09:42+0500
2021-10-07T09:42+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1d/19867863_0:109:1280:830_1920x0_80_0_0_ed0e1308ccfb1e4e2d5cf35245ea3930.jpg
TOShKENT, 7 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Amerika Kongressi Vakillar palatasining kongressmenlar Don Beykon, Dug Lamborn, Troy Nels va Avgust Pflyugerdan iborat delegatsiyasini qabul qildi.AQSh delegatsiyasi ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga doir kelishuvlar doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.Davlat rahbari parlamentlar darajasidagi faol aloqalar va samarali almashinuvlarni, ular O‘zbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotganini yuksak baholadi.AQSh Kongressida tashkil etilgan O‘zbekiston bo‘yicha kokus – do‘stlikni mustahkamlash va konstruktiv muloqotni ilgari surish bo‘yicha parlament guruhining nufuzi ortib bormoqda, faoliyati kengaymoqda. Bugungi kunda Kokus tomonidan ko‘p qirrali hamkorlikni va mamlakatimizdagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator muhim loyihalar ilgari surilgan.Kongressmenlar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar strategiyasi mamlakat barqaror taraqqiyotining muhim omili ekani hamda uning xalqaro maydondagi obro‘si sezilarli darajada yuksalishiga xizmat qilganini alohida ta’kidladilar.Shuningdek, Afg‘onistondagi insonparvarlik operatsiyalari qo‘llab-quvvatlangani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.Suhbat chog‘ida parlamentlararo yo‘nalish bilan bir qatorda AQSh delegatsiyasi a’zolari vakillik qilayotgan yetakchi shtatlar - Nebraska, Kolorado va Texas bilan hamkorlik bo‘yicha loyiha va dasturlar muhokama qilindi.Innovatsiyalar va sanoat texnologiyalari, IT sohasi, qishloq xo‘jaligi, “yashil” energetika, sog‘liqni saqlash va ta’limda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Uchrashuv yakunida qo‘shma "yo‘l xarita"sini tayyorlash va ishbilarmonlik missiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210930/oav-aqsh-ozbekiston-bilan-harbiy-obektlardan-foydalanish-borasida-muzokara-olib-bormoqda-20719628.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1d/19867863_86:0:1223:853_1920x0_80_0_0_0a497fdab68de06c4cd1a92dc706d8d3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, aqsh
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, aqsh
Mirziyoyev AQSh kongressmenlarini qabul qildi
AQSh delegatsiyasi ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga doir kelishuvlar doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 7 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Amerika Kongressi Vakillar palatasining kongressmenlar Don Beykon, Dug Lamborn, Troy Nels va Avgust Pflyugerdan iborat delegatsiyasini qabul qildi.
AQSh delegatsiyasi ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga doir kelishuvlar doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari parlamentlar darajasidagi faol aloqalar va samarali almashinuvlarni, ular O‘zbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotganini yuksak baholadi.
AQSh Kongressida tashkil etilgan O‘zbekiston bo‘yicha kokus – do‘stlikni mustahkamlash va konstruktiv muloqotni ilgari surish bo‘yicha parlament guruhining nufuzi ortib bormoqda, faoliyati kengaymoqda. Bugungi kunda Kokus tomonidan ko‘p qirrali hamkorlikni va mamlakatimizdagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator muhim loyihalar ilgari surilgan.
Kongressmenlar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar strategiyasi mamlakat barqaror taraqqiyotining muhim omili ekani hamda uning xalqaro maydondagi obro‘si sezilarli darajada yuksalishiga xizmat qilganini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, Afg‘onistondagi insonparvarlik operatsiyalari qo‘llab-quvvatlangani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.
Suhbat chog‘ida parlamentlararo yo‘nalish bilan bir qatorda AQSh delegatsiyasi a’zolari vakillik qilayotgan yetakchi shtatlar - Nebraska, Kolorado va Texas bilan hamkorlik bo‘yicha loyiha va dasturlar muhokama qilindi.
Innovatsiyalar va sanoat texnologiyalari, IT sohasi, qishloq xo‘jaligi, “yashil” energetika, sog‘liqni saqlash va ta’limda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida qo‘shma "yo‘l xarita"sini tayyorlash va ishbilarmonlik missiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.