"Chorvoq oromgohi" yaxlit sotiladigan bo‘ldi

© Agentstvo po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami UzbekistanaZonu otdixa "Chorvok Oromgoxi" ("Piramidi") v Tashkentskoy oblasti vistavili na prodaju
Zonu otdixa Chorvok Oromgoxi (Piramidi) v Tashkentskoy oblasti vistavili na prodaju - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Obuna bo‘lish
"Chorvoq oromgohi" boshlang‘ich narxi belgilanmagan holda 573 ming yevro qarzi bilan yaxlit savdoga qo‘yildi.
TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq oromgohi” dam olish maskani yaxlit mulkiy majmua sifatida ommaviy savdolarga chiqariladigan bo‘ldi. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qildi.
Oromgohni sotish, Davaktiv uchun odatiyga aylangan 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1.
Birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan malakalanadi, saralanadi.
2.
Ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari va to‘lov qobiliyati baholanadi.
Savdolarda ishtirok etishni istagan talabgorlar 2021-yilning 8-noyabriga qadar belgilangan hujjatlar to‘plamini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taqdim etishi kerak. Undan tashqari tadbirkor o‘zi taklif qilayotgan zaklat pulining va 5%ini ham to‘lov qilishi kerak.
Alohida shartlar:
Dam olish maskanidan kelgusida mehmonxona va/yoki boshqa turizm infratuzilmasini saqlab qolish va rivojlantirish;
daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriyga rioya etish talabi qo‘yiladi;
“Chorvoq oromgohi” dam olish maskanining “IMPRO GmbH” LTD (Germaniya) oldidagi 573 568,47 YeVRO miqdoridagi qarzdorligini to‘lash (2022 yil 1-fevraldan boshlab grafik asosida);
davlat aktivini sotib olish bo‘yicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi;
E’lon bilan batafsil Davaktiv agentligi saytida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0