https://oz.sputniknews.uz/20211004/sherali-joraevning-ikki-qoshigini-ruxsatsiz-kuylagan-san-jay-yana-jarimaga-tortildi-20759932.html
Sherali Jo‘rayevning ikki qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylagan San Jay yana jarimaga tortildi
Sherali Jo‘rayevning ikki qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylagan San Jay yana jarimaga tortildi
Sputnik O‘zbekiston
Xonanda San Jayga nisbatan O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning “Gulbadan” hamda “Atirgulim atringni soch” qo‘shiqlaridan noqonuniy foydalangani uchun chora... 04.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-04T18:14+0500
2021-10-04T18:14+0500
2021-10-04T18:14+0500
jamiyat
jarima
sherali jo‘rayev
san jay
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/04/20759336_0:39:1201:714_1920x0_80_0_0_c8c0de20dad9817614c2133e515aac45.jpg
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Sud mualliflik huquqlarini buzgan San Jay taxallusi bilan ijod qilayotgan xonanda Djavberdiyev Sanjarni ma’muriy javobgarlikka tortdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Qayd etilishicha, agentlikka xonanda San Jay O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev qalamiga mansub “Gulbadan” hamda “Atirgulim atringni soch” nomli she’riy asarlardan huquq egasining ruxsatisiz, noqonuniy tarzda foydalanganligi sabab chora ko‘rish haqida shikoyat kelib tushgan.Agentlik tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida murojaatda keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topgan.Agentlik xonanda San Jayga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzgan va uni ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborgan.Agentlik yangi qonunga muvofiq muallifga mualliflik huquqi va turdosh huquqlari buzilgan taqdirda, bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslardan zarar qoplanishi o‘rniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon to‘lashini talab qilish huquqi berilganini eslatgan.Avvalroq Sherali Jo‘rayevning “Karvon” nomli qo‘shig‘ini va she’rini asar yaxlitligini buzgan holda mualliflarning roziligisiz ijro etgan xonanda San Jay jarimaga tortilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/04/20759336_0:0:1201:900_1920x0_80_0_0_e6c94be01dc5bb98876b10ad6c5f8335.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, jarima, sherali jo‘rayev, san jay
jamiyat, jarima, sherali jo‘rayev, san jay
Sherali Jo‘rayevning ikki qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylagan San Jay yana jarimaga tortildi
Xonanda San Jayga nisbatan O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning “Gulbadan” hamda “Atirgulim atringni soch” qo‘shiqlaridan noqonuniy foydalangani uchun chora ko‘rildi.
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Sud mualliflik huquqlarini buzgan San Jay taxallusi bilan ijod qilayotgan xonanda Djavberdiyev Sanjarni ma’muriy javobgarlikka tortdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, agentlikka xonanda San Jay O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev qalamiga mansub “Gulbadan” hamda “Atirgulim atringni soch” nomli she’riy asarlardan huquq egasining ruxsatisiz, noqonuniy tarzda foydalanganligi sabab chora ko‘rish haqida shikoyat kelib tushgan.
Agentlik tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida murojaatda keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topgan.
Agentlik xonanda San Jayga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzgan va uni ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborgan.
Mazkur ma’muriy ish materiallari 20-sentabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaro S.Djavberdiyevga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismi bilan jarima jazosi (BHMning bir baravaridan besh baravarigacha — 1 mln 350 minggacha) qo‘llanilgan.
Agentlik yangi qonunga muvofiq muallifga mualliflik huquqi va turdosh huquqlari buzilgan taqdirda, bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslardan zarar qoplanishi o‘rniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon to‘lashini talab qilish huquqi berilganini eslatgan.
Avvalroq Sherali Jo‘rayevning “Karvon” nomli qo‘shig‘ini va she’rini asar yaxlitligini buzgan holda mualliflarning roziligisiz ijro etgan xonanda San Jay
jarimaga tortilgan edi.