https://oz.sputniknews.uz/20210930/senatorlar-qonunni-maqulladi-30-yoshdan-oshganlar-ham-bojxonaga-ishga-kirishi-mumkin-20710218.html
Senatorlar qonunni ma’qulladi: 30 yoshdan oshganlar ham bojxonaga ishga kirishi mumkin
Senatorlar qonunni ma’qulladi: 30 yoshdan oshganlar ham bojxonaga ishga kirishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Yangi qonunga ko‘ra, 30 yoshdan oshgan fuqarolar bojxona organlariga ishga kirishi mumkin. 30.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-30T12:23+0500
2021-09-30T12:23+0500
2021-09-30T12:27+0500
jamiyat
o‘zbekiston
bojxona
davlat bojxona qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0a/15971512_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_3641d582e42c5c86bca569c1c4052e40.jpg
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Bugun Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.Qonun bilan bojxona xizmatidagi ayrim jarayonlarga yangilik va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.Qayd etilganidek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhining (FATF) tavsiyasiga asosan naqd valyutani chegara punktlari orqali kirib kelishini nazorat etish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan.Shu bois, qonun o‘z vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish vazifasi bilan to‘ldirilmoqda.Shu bilan birga, qonun bojxona auditini amalga oshirish va hujjatlarni tekshirish, Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i asosida o‘ttiz yoshdan oshgan fuqarolarni bojxona organlarining ixtisoslashtirilgan tarkibiy tuzilmalariga xizmatga qabul qilish mumkinligini belgilovchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.Bundan tashqari, qonunchilikda mavjud nomuvofiqliklar va noaniqliklar sababli amaliyotda uchrayotgan muammoli holatlarni bartaraf etish maqsadida bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210302/Ichki-ishlar-bozhkhona-va-davlat-pensiyasi-yangi-onun-16113898.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0a/15971512_244:0:2975:2048_1920x0_80_0_0_537f33ceded16330349a577071f0cf66.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, bojxona, davlat bojxona qo‘mitasi
jamiyat, o‘zbekiston, bojxona, davlat bojxona qo‘mitasi
Senatorlar qonunni ma’qulladi: 30 yoshdan oshganlar ham bojxonaga ishga kirishi mumkin
12:23 30.09.2021 (yangilandi: 12:27 30.09.2021) Yangi qonunga ko‘ra, 30 yoshdan oshgan fuqarolar bojxona organlariga ishga kirishi mumkin.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Bugun Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.
Qonun bilan bojxona xizmatidagi ayrim jarayonlarga yangilik va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Qayd etilganidek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhining (FATF) tavsiyasiga asosan naqd valyutani chegara punktlari orqali kirib kelishini nazorat etish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan.
Shu bois, qonun o‘z vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish vazifasi bilan to‘ldirilmoqda.
Shu bilan birga, qonun bojxona auditini amalga oshirish va hujjatlarni tekshirish, Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i asosida o‘ttiz yoshdan oshgan fuqarolarni bojxona organlarining ixtisoslashtirilgan tarkibiy tuzilmalariga xizmatga qabul qilish mumkinligini belgilovchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.
Bundan tashqari, qonunchilikda mavjud nomuvofiqliklar va noaniqliklar sababli amaliyotda uchrayotgan muammoli holatlarni bartaraf etish maqsadida bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.