O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari o‘rtasida idoralararo hamkorlik dasturi imzolandi

Vizit Generalnogo prokurora Igorya Krasnova RF v Tashkent
Vizit Generalnogo prokurora Igorya Krasnova RF v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Obuna bo‘lish
Nig‘matilla Yo‘ldoshev rossiyalik hamkasbi Igor Krasnovga “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” ko‘krak nishonini topshirdi.
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.
Xususan, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurash sohalarida tajriba almashish hamda prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida ko‘ra O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturasi o‘rtasida ilm-fan va ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum hamda 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan idoralararo hamkorlik Dasturi imzolandi.
Ushbu hujjatlarning amalda tatbiq etilishi huquqiy sohada axborot va ilg‘or tajriba almashish orqali ikki tomonlama sheriklikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida Nig‘matilla Yo‘ldoshev Igor Krasnovga hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik izhor qildi va “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
Yangiliklar lentasi
0