https://oz.sputniknews.uz/20210929/qashqadaryoda-jinoyatchilik-70-foizga-ortdi-oquvchilar-oquv-yilini-kitobsiz-boshladi-20699214.html
Qashqadaryoda jinoyatchilik 70 foizga ortdi, o‘quvchilar o‘quv yilini kitobsiz boshladi
Qashqadaryoda jinoyatchilik 70 foizga ortdi, o‘quvchilar o‘quv yilini kitobsiz boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Hududda 2021-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, 3 ming 108 ta jinoyat sodir etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga ko‘p. 29.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-29T17:13+0500
2021-09-29T17:13+0500
2021-09-29T17:13+0500
jamiyat
qashqadaryo viloyati
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0c/18291575_0:157:3081:1890_1920x0_80_0_0_34e3b4a09629d31a907f6c75206476f2.jpg
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Qashqadaryo viloyati hokimining hisoboti tanqidiy muhokama qilindi.Qayd etilishicha, viloyatdagi umumta’lim maktablari uchun respublika “Transport va logistika xizmati” DUK tomonidan 46 foiz darsliklar yetkazib berilgan, xolos. 2021-yilgi Investitsiya dasturi doirasida viloyatdagi 93 ta umumta’lim maktabini jihozlash belgilangan bo‘lib, shundan 36 tasiga mebel va jihozlar qisman yetkazib berilgan, qolgan 57 tasiga esa umuman yetkazib berilmagan.10 sentabrga qadar yakunlanishi belgilangan Qarshi tumanidagi 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari 29 foizga bajarilgan. 10-oktabrgacha foydalanishga topshirilishi belgilangan Qarshi tumani “Botosh” dahasidagi 4 qavatli yangi maktabning hatto birinchi qavatini qurish ishlari hanuzgacha yakunlanmagan.Senat xabariga ko‘ra, hududda 2021-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, 3 ming 108 ta jinoyat sodir etilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga ortgan. Sodir etilgan jinoyatlardan 1 ming 828 tasining (shundan 963 tasi mahallada sodir etilgan) yoki 58,8 foizining oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tashkil etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210921/qashqadaryoda-oquvchilarni-polga-otqazib-dars-otgan-oqituvchilar-jazolandi-20578774.html
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0c/18291575_174:0:2905:2048_1920x0_80_0_0_b097730ecedf19ac1d35e1b4b3c939f6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qashqadaryo viloyati, o‘zbekiston oliy majlisi senati
jamiyat, qashqadaryo viloyati, o‘zbekiston oliy majlisi senati
Qashqadaryoda jinoyatchilik 70 foizga ortdi, o‘quvchilar o‘quv yilini kitobsiz boshladi
Hududda 2021-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, 3 ming 108 ta jinoyat sodir etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga ko‘p.
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Qashqadaryo viloyati hokimining hisoboti tanqidiy
muhokama qilindi. Qayd etilishicha, viloyatdagi umumta’lim maktablari uchun respublika “Transport va logistika xizmati” DUK tomonidan 46 foiz darsliklar yetkazib berilgan, xolos.
Ushbu darsliklar jamlanmasining 24 foizi to‘liq bo‘lmaganligi bois omborxonada saqlanmoqda, buning natijasida o‘quvchilar o‘quv yilini kitobsiz boshlagan.
2021 yilgi Investitsiya dasturi doirasida viloyatdagi 93 ta umumta’lim maktabini jihozlash belgilangan bo‘lib, shundan 36 tasiga mebel va jihozlar qisman yetkazib berilgan, qolgan 57 tasiga esa umuman yetkazib berilmagan.
10 sentabrga qadar yakunlanishi belgilangan Qarshi tumanidagi 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari 29 foizga bajarilgan. 10-oktabrgacha foydalanishga topshirilishi belgilangan Qarshi tumani “Botosh” dahasidagi 4 qavatli yangi maktabning hatto birinchi qavatini qurish ishlari hanuzgacha yakunlanmagan.
Senat xabariga ko‘ra, hududda 2021-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, 3 ming 108 ta jinoyat sodir etilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga ortgan. Sodir etilgan jinoyatlardan 1 ming 828 tasining (shundan 963 tasi mahallada sodir etilgan) yoki 58,8 foizining oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tashkil etgan.