IIBB Toshkentda bola o‘g‘irlangani haqidagi xabarni rad etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Obuna bo‘lish
Avvalroq internetda “Qorasaroy” turar-joy majmuasi yaqinida 5 yoshli bolani noma’lum shaxs avtomobiliga o‘tqizmoqchi bo‘lgani aytilgan xabar tarqalgan edi.
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Qorasaroy” turar-joy majmuasi yaqinida 5 yoshli bolani noma’lum shaxs avtomobiliga o‘tqizmoqchi bo‘lgani haqidagi ovozli xabar tarqalmoqda. Poytaxt IIBB bu ma’lumotni tekshirib, yolg‘on ekanini xabar qildi.

“Toshkent shahri hududida bola o‘g‘irlangani bilan bog‘liq holat qayd etilmagan”, - deyilgan xabarda.

Idora yolg‘on axborot tarqatish uchun O‘zbekiston qonunchiligida javobgarlik ko‘zda tutilganini eslatgan.
Zaderjan mujchina, kotoriy v Yangiyule popitalsya poxitit 8-letnyuyu devochku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Yangiyo‘lda 8 yoshli qizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan erkak ushlandi: u ilgari sudlangan
Shuningdek, IIBB fuqarolarga farzandlariga shirinlik taklif qilib, noma’lum uyga kirish, begona avtomobilga minishga chorlovchi begonalardan ehtiyot bo‘lishni o‘rgatishni tavsiya qilgan.
Yangiliklar lentasi
0