O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi sezilarli kamaydi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishAvtomobil Kia Imagine
Avtomobil Kia Imagine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
Joriy yil yanvar-avgust oylarida qiymati 316,6 mln dollariga teng qariyb 15 mingta yengil avtomobil import qilgan.
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. 2021-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston qariyb 15 mingta yengil avtomobil import qilgan. Bu o‘tgan yilning o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4350 taga kam. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Joriy yil yanvar-avgust oylarida import qilingan avtomobillar qiymati 316,6 mln dollariga teng.
8 oyi mobaynida eng ko‘p Xitoy (4 652 ta), Janubiy Koreya (3 597), Rossiya (2 952) va Qozog‘istondan (1 744) avtomobil import qilingan. Bundan tashqari, Polsha (811), Litva (427), AQSh (331), Tailand (250), Germaniya (81), Yaponiya (64) va Turkiyadan (25) avtomobil olib kelingan.
Avtomobili Tesla - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
“Ulov degani quvvatli bo‘lsa-da”: O‘zbekistonda elektromobillar qanchalik xaridorgir?
Yangiliklar lentasi
0