“Onix” va “Tracker” avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 427 mln dollarga tushadi

Chevrolet Onix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
“Onix” va “Tracker”ni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 2022-yil sentabrida ishga tushishi kutilmoqda.
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. “O‘zavtosanoat” UzAuto Motors zavodi bazasida “Chevrolet Onix” va “Tracker” avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 427,7 mln dollar yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Bu raqamlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan qaror loyihasida keltirilgan.
Bu loyiha 2022-yil sentabrida ishga tushishi, quvvati yiliga 190 ming dona avtomobilga teng bo‘lishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, “UzAuto Motors Powertrain” zavodida yangi avtomobil modellari uchun har yili 185 mingta dvigatel ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish reja qilingan. Bunga 2020-2023 yillarda 190,8 mln dollar ajratish belgilangan.
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2021
UzAuto Motors "Lasetti" va "Spark" modellarini ishlab chiqarishni qayta tikladi
2019 yil dekabrida UzAuto Motors 2020-yilda yagona platformadagi “Onix” va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasini ishga tushirishini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0