Toshkentda 1 gektar yerni 200 ming dollarga olib berishni va’da qilganlar qo‘lga olindi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovJenshina v naruchnikax
Jenshina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
Ikki fuqaro D.ga 200 ming dollar evaziga Toshkent viloyatidagi 1 gektar yerni uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni va’da qilishgan.
TOShKENT, 27 sen – Sputnik. Toshkentda fuqaroga Toshkent viloyatidagi 1 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Departament hamda DXXning Yunusobod tumani bo‘limlari tezkor tadbir o‘tkazgan. Ma’lum qilinishicha, S.U. va B.A.lar boshqa bir fuqaro D.ga 200 ming dollar evaziga O‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 1 gektar yerni uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni va’da qilishgan. Buning uchun vakolatli tanishlarini ishga solishlarini aytishgan.
Stroitelstvo domov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2021
O‘ttiz bir fuqaroni imtiyozli uy olib berishga ishontirgan firibgarlar guruhi qo‘lga tushdi
Ular oldindan kelishilgan pulning 10 foizi, ya’ni 20 ming dollarni olgan vaqtlarida ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0