O‘zbekiston Afg‘onistonning tinch va mustaqil davlat sifatida shakllanishidan manfaatdor - TIV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
Kamilovning ta’kidlashicha, Afg‘oniston zamini endi mintaqa davlatlari va umuman xalqaro hamjamiyat uchun xavf tug‘dirmasligi kerak.
TOShKENT, 27 sen – Sputnik. 27- sentabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari va Turkiy Kengash kotibiyati Afg‘oniston yo‘nalishida birgalikda qo‘shma harakatlar jihatlarini, xususan, keng vakillik asosida Afg‘oniston hukumatini tuzish zarurligi, inson huquqlariga, jumladan, ayollar va milliy ozchilik huquqlariga rioya qilinishini muhokama qildilar.
Kamilov o‘z nutqida Afg‘oniston masalasiga taalluqli asosiy masalalar bo‘yicha mamlakat pozitsiyasiga to‘xtalib o‘tdi.
“Qayd etilganidek, O‘zbekiston Afg‘onistonning tinch va mustaqil davlat sifatida shakllanishidan manfaatdor. Afg‘oniston zamini endi mintaqa davlatlari va umuman xalqaro hamjamiyat uchun xavf tug‘dirmasligi kerak”, - deyilgan xabarda.
Dunyo davlatlari uchun ustuvor vazifa Afg‘onistonni iqtisodiy tusdagi mintaqaviy integratsion jarayonlariga yanada faol jalb qilish, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish bo‘lib qolishi kerakligi ta’kidlandi.
Flagi stran Turkskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Turkiy tilli davlatlar TIV rahbarlari Istanbulda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishadi
Bundan tashqari, mojarodan keyingi Afg‘oniston strategiyasini ishlab chiqish muhimligi, shuningdek, mamlakatga zarur insonparvarlik yordam ko‘rsatilishi davom etishi alohida qayd etildi.
Tadbir yakunida Turkiy Kengashga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston bo‘yicha qo‘shma bayonoti qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0