Sochida kuchli yomg‘ir oqibatlari - video

Obuna bo‘lish
Sochi shahar meri avtomobilda yo‘lga chiqmoqchi bo‘lgan fuqarolarni vaqtincha uyda qolish haqida ogohlantiridi.
TOShKENT, 25 sen - Sputnik. Sochida kuchli yomg‘ir oqibatida Lazarevskiy tumanining ayrim hududlarni suv bosdi va federal trassa yopildi.
Kecha 24-sentabr kechqurun boshlangan kuchli yomg‘ir tuni bilan davom etdi va uning oqibatida Buu darosi sathi keskin ko‘tarilib ketdi va "Jubga - Sochi" federal trassasining Loo, Vardane va Buu posolkalaridan o‘tgan qismini yopishga majbur bo‘ldi.
Sochi shahar meri avtomobilda yo‘lga chiqmoqchi bo‘lgan fuqarolarni vaqtincha uyda qolish haqida ogohlantiridi.
Kuchli yomg‘ir hali ham davom etmoqda, shamol tezligi 22 m/s yetmoqda.
Aytmoqchi, shu kunlarda Sochida "Formula-1, Rossiya Gran-Pri" poyga musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ertalab boshlanishi rejalashtirilgan "Formula-2" musobaqasining birinchi poygasi ham kuchli yomg‘ir tufayli noma’lum muddatga qoldirildi.
Yangiliklar lentasi
0