Rus tili bo‘yicha sertifikatlarni O‘zbekistonda olish mumkin
19:02 25.09.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023)
© Sentr zanyatosti "Ishga marxamat"Predstavitel RUDN vidal sertifikati uchitelyam russkogo yazika v Buxare
© Sentr zanyatosti "Ishga marxamat"
Obuna bo‘lish
Buxoroda 44 nafar rus tili o‘qituvchilari RXDU (RUDN) sertifikatiga ega bo‘lishdi. Endi ular Rossiyaga ishga borishga otlanayotgan mehnat migrantlarini o‘qishtishi va imtihon qabul qilishlari mumkin.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Kecha, 24-sentabr kuni Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RXDU)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andrey Kolesnikov 44 nafar rus tili o‘qituvchilariga sertifikatlar topshirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Endilikda RXDU metodikasi bo‘yicha maxsus sertifikat egalari RFga ishlash niyatida bo‘lgan mehnat migrantlarni o‘qitish va ulardan rus tili bo‘yicha imtihonlarni qabul qilish huquqini oldilar.
Uchrashuv davomida Vobkent, Jondor, Qorako‘l tumanlari va Buxoro shaxridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Rossiya Federatsiyasida ishlash istagidagi fuqarolarni rus tiliga o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etishga kelishib olindi.
Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori Sadoqat Sidiqova so‘zlariga ko‘ra, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha testni endilikda Buxoro viloyatini tark etmasdan olish mumkin. Mazkur sertifikat Rossiya Federatsiyasi migratsiya xizmatlari tomonidan qabul qilinib, qonuniy faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan patent olishda qo‘l keladi.
© Sentr zanyatosti "Ishga marxamat"Predstavitel RUDN vidal sertifikati uchitelyam russkogo yazika v Buxare
Predstavitel RUDN vidal sertifikati uchitelyam russkogo yazika v Buxare
© Sentr zanyatosti "Ishga marxamat"
Eslatb o‘tamiz, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda RXDU o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik doirasida, o‘zbekistonlik rus tili o‘qituvchilari Rossiya universiteti tomonidan ishlab chiqilgan metodikalar va o‘quv dasturlari bo‘yicha qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tib, sertifikatlar topshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. 22-Sentabr kuni Samarqandda ham 700 nafar rus tili o‘qituvchilarga ana shunday sertifikatlar topshirilgan edi.