FVV Nest One binosida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishi haqida ogohlantirdi

© SkyskyperscityStroitelstvo samogo visokogo zdaniya v Tashkente Nest One
Stroitelstvo samogo visokogo zdaniya v Tashkente Nest One - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2021
Obuna bo‘lish
Vazilik qidiruv, o‘t o‘chirish va tez yordam brigadalari ishtirkida bo‘lib o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulotlaridan aholidan sarosimaga tushmaslikni so‘radi.
TOShKENT, 25 sen - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bugun 25-sentabr kuni "Toshkent-siti" hududida qutqaruv xizmatlarining o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishi haqida ogohlantirdi.

"Bugun soat 11:00 da "Toshkent-siti" hududida joylashgan "Nest One" ko‘p qavatli qurilish binosida o‘quv-taktik amaliy mashg‘uloti o‘tkazilishi belgilangan. Mashg‘ulotda qidiruv-qutqaruv, yong‘in qutqaruv, tez tibbiy yordam berish texnikalari ishtirok etishini m’alum qilamiz.

Shuning uchun aholidan tegishli amaliy harakatlardan xavotir va sarosimaga tushmaslik so‘raladi", - deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, Nest one O‘zbekistonda qurilayotgan ilk osmono‘par bino bo‘lib, uning balandligi 266,5 metrni tashkil qiladi. Binoning markaziy eng baland minorasi 51 qavatdan iborat bo‘lib, uning ichida yashash xonadonlari, restoranlar, ofislar va hamda 5* mehmonxona bo‘ladi. Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0