Tanzila Narbayeva Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi

© SenatTanzila Narbayeva vo vremya vizita v RF
Tanzila Narbayeva vo vremya vizita v RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
Obuna bo‘lish
Tomonlar munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi doirasida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Prezident Japarov do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va strategik hamkorlik tamoyillariga asoslangan Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlari yuksak darajaga yetganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Flagi Uzbekistana i Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot fondi: Japarov bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qonunni imzoladi
Ikki davlat rahbarlarining ochiq va ishonchli aloqalari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashning muhim asosi ekanini ta’kidladi. Shu nuqtayi nazardan prezident Sadir Japarov ikki tomonlama hamkorlikda joriy yilning mart oyida Toshkentga amalga oshirgan davlat tashrifi muhimligini qayd etdi.
Qirg‘iziston rahbari O‘zbekistonda prezident saylovini muvaffaqiyatli o‘tkazib olishni tilab, prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Japarov O‘zbekistonning gender siyosatini amalga oshirish, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari, shu jumladan, "Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti" tashabbusiga yuqori baho berdi. Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan "Qirg‘iziston va O‘zbekiston tadbirkor ayollari muloqoti" biznes-forumiga muvaffaqiyat tiladi va bunday loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2021
Japarov Markaziy Osiyoda xavfsizlik belbog‘ini yaratishni taklif qildi
Senat raisi Narbayeva Qirg‘iziston tomoniga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yetkazdi hamda O‘zbekiston rahbari Qirg‘izistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Suhbat davomida tomonlar yuksak darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishning huquqiy asosini mustahkamlash va samarali parlament nazoratini ta’minlash, ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlik, shu jumladan, chegara hududlarining mahalliy munitsipal Kengashlarining samarali aloqalarini faollashtirishga qaratilgan ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek, ikki mamlakat aholisining keng qatlamlari o‘rtasida yaqin madaniy-gumanitar aloqalar va muloqot uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlar yaratishning muhimligini ta’kidladilar.
Shuningdek, boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0